So’nggi yangiliklar

16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  2 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  11 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  21 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

Vali Keldiev: “Oqni oq, qorani qora deyman” Yangiliklar

Vali Keldiev: “Oqni oq, qorani qora deyman”

Teglar :  Vali Keldiev
Vali Keldiev o'z o'yinlari bilan muxlislarni o'ziga rom qila olgandi. SHu bois uning futbolchilik faoliyatini haligacha eslab yuradilar.

Keyinchalik u o'zini murabbiylik sohasiga sinab ko'rishga ahd qildi. “Mashal” akademiyasi va birinchi ligada ishladi. Oxirgi marta esa o'rinbosarlar jamoasini boshqarib o'tgan yili chempionga aylantirdi. Qizig'i, shundan keyin Keldiev klubni tark etdi. U shu kunlarda ikki qizig'ini turmushga uzatyapti. SHu bois ayni paytda to'y tashvishlari bilan band. SHunga qaramasdan, Keldiev biz bilan dildan suhbatlashishga vaqt topa oldi.


  • “Xomyakov mening ishlashimni istamagan”

- Hozircha hech qaerda ishlayotganingiz yo'q. Hayotingiz qanday o'tyapti?
- Uydaman. Taklif bo'lmaganidan keyin nima ham qilardim. Mening harakterim shundayki, doim kamchilik bo'lsa uni albatta aytaman, sira ham yashira olmayman. Oqni oq, qorani qora deyman. Balki bu boshqalarga yoqmas.  

- Oxirgi marta “Mashal” yoshlari bilan ishladingiz va ularni chempionga aylantirganingizdan keyin kutilmaganda jamoani tark etdingiz. Ochig'i, o'sha holatga haligacha tushunmayapmiz. Nima uchun vazifani keragidan ortig'i bilan bajarganingizga qaramay, klubni tark etdingiz?
- Hozirgi aytgan xarakterim kimgadir yoqmagan bo'lsa kerak. O'z bilganimcha, futbolni qanday tushunsam, futbolchilarga ham shunday o'rgatardim. Ular bilan ishlashda muammo bo'lmagan. Rahbarlar hamda bosh murabbiyga yoqmagandirman. To'g'risi, ko'p bahslashardim. “Mashal”dan ketayotganimda buning sababini bilish uchun rahbariyatning oldiga kirsam, ular bosh murabbiy biladi deyishdi, u esa rahbarlar qaror qildi degan javobni aytdi. Oxiri Aleksandr Xomyakovdan baribir sababini so'radim. U meni yoshlar jamoasida bosh murabbiylikka loyiq ko'rmayotganini malum qildi. Mayli, mening murabbiylikdagi malakam etarli bo'lmagandir, lekin biz yoshlar bilan ishlab natija ko'rsatdikku! Mashg'ulotdan tashqari ham yoshlarning hayotda ruhlantirishning boshqa yo'llari ham bor. Bolalarga rahmat, ular meni uyaltirib qo'yishmadi. Biz bu yigitlar bilan ko'p mehnat qilgandik. Ustozlarimdan olgan o'gitlarimni va boshimdan o'tkazganlarimni futbolchilarimga o'rgatdim. Lekin nima uchundir Xomyakov mening ishlashimni istamadi. U holda mening o'rnimda kimni ko'ryapsan, dedim. O'rnimni yoshi katta bilimdon mutaxassis egallaganida ham mayli edi. Ammo mendan keyin kim ishlayapti? Meni mazur tutasiz, lekin hozirgi ishlayotgan murabbiylarni o'zimdan ustun tomonlarini ko'rayotganim yo'q. Agar mendan zo'r murabbiy ishni davom ettirsa alam qilmasdi. Ishonasizmi, biz shunday sharoitlarda ishlardikki, hattoki yoshlar jamoasida shifokor ham bo'lmasdi. Birgina men bilan mamur bor edi va ikkalamiz hamma narsaga bosh-qosh bo'lib yurardik. Qisqasi, mening ishim ularga yoqmagan.

- “Mashal”dan ketganingizdan keyin sizni o'ziga ish qidirib yuribdi deb eshitgandim...
- Ha, ishlasam bo'ladimi, deya so'ragan joylarim bo'ldi. O'zimiz xabar beramiz, qo'ng'iroq qilamiz deyishdi, shu bilan to'xtadi. Men ularga hadeb “osilib” olavermayman-ku. “Mashal”da ishlagan paytimda ayrim o'yinchilarning poziciyalarini o'zgartirgandim. Axir futbolda ishlayapman va ko'zim ko'r emas. Masalan, qanotda o'ynayotgan o'yinchini markazga qo'ydim. Qarasam, binoyidek harakat qilyapti. Bu orqali ularning jamoaga foydagi tegdi. Men ketganimdan keyin ayrimlari o'ynayapti, yana ayrimlari umuman o'ynamay qo'yishdi.


  • “CHempion bo'lganimizda bizni tabriklab ham qo'yishmadi”

- Yana murabbiylikka qaytishingiz uchun ishonchingiz bormi?
- Albatta, nimaga ishonch bo'lmasligi kerak? Futbolni yaxshi ko'raman. Har bir o'yinni televizor orqali bo'lsa ham tomosha qilaman. Internet saytlari va gazetalar orqali ham malumotlardan xabardor bo'lib turaman. Ko'proq etarli sharoitlarga ega bo'lmay turib yutayotgan jamoalarga qiziqaman. Bunday klublarda murabbiyning qilayotgan ishi ham ko'rinyapti. Faqat mashg'ulot orqali futbol bo'lmaydi.

- Ishsiz qiynalib qolmayapsizmi?
- Harqalay eplab turibman. Futboldan tashqarida ham qiladigan ayrim ishlar bor. Bilasizmi, insonda vijdon bo'lsa qiynaladi, agar unda vijdon bo'lmasa umuman qiynalmaydi. Biz yoshlar jamoasi bilan chempion bo'lganimizda futbolchilarimizni tabriklab, qo'lini siqib qo'yishmagan va medallar ham topshirilmagan. Futbolga endi mehr qo'yayotgan yoshlarning bunday munosabatdan ko'ngli sovib ketmaydimi? Men yolg'on gaplarni gapirayotganim yo'q.   

- Murabbiylik bilan ishlab malum manoda yutuqlarga ham erishdingiz. Ammo ayni paytda ishsizligingizni hisobga olganda, murabbiylik muhitini qanday his qilyapsiz?  
- Inson hamma narsaga tayyor turishi kerak. Menimcha, hozirda murabbiylarning 20 foizi haqiqiy futbol uchun ishlayotgan bo'lsa, qolgan 80 foizi faqat pulni deb ishlashyapti. Agar chin dildan futbol uchun ishlasangiz, pul ham o'z-o'zidan kelaveradi. Futbolchilik paytimda ham ko'proq o'ynardim, ammo kamroq pul topardim.
“Men uchun murabbiylikdan ko'ra futbol o'ynash qiyinroq”

- Futbol o'ynagan chog'ingizdan daromad manbai sifatida zaxirani to'ldirib olmaganmisiz?
- Bor, yo'q emas. Ro'zg'orimiz bo'lyapti, qora qozon qaynab turibdi.

- Futboldan tashqari yana qanday ishingiz bor?
- Keling, bu haqida gapirishni istamasdim. Mening bu haqida aytadiganim kimga ham qiziq tuyulardi?

- U holda ayting-chi, hozirgi paytdagi milliy chempionatimiz sizga qanday ko'rinyapti?
- Qaysi manoda?

- Sizga yoqyaptimi yoki yoqmayaptimi?
- O'ziga yarasha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Yuqorida aytganimdek, sharoitsiz o'ynab yutayotgan jamoalarga ko'proq qiziqaman. Ustozlarimdan o'rganlarimdan biri shuki, futbolda birinchi navbatda futbolchilarni tanlay olish kerak. Albatta, sharoit ham yaxshi bo'lishi darkor. Lekin tuzuk-quruq futbolchi bo'lmasa, u holda ishingiz chatoq. Hozirda qiziqarli va qiziqarsiz o'yinlar ham bo'lyapti.

- Futbolchilik yoki murabbiylik faoliyatingizda o'zingiz uchun murakkablik jihatlari nimada?
- Futbol o'ynab yurgan paytlarimda ham qiyin vaziyatlarga tushib qolardim va murabbiylikda ham shunday. Ko'pchilik futbol o'ynashdan ko'ra murabbiylik qilish qiyin deyishadi. Balki futbolchilik murabbiylik qilishdan ko'ra qiyinroqdir. Har holda shunday fikr hayolimdan chiqmaydi.

- Nima uchun murabbiylikni futbol o'ynashdan ko'ra osonroq deyapsiz?
- Futbol o'ynayotgan paytda ko'rsatish harakatlari ko'proq bo'ladi. Lekin buni har kim ham bajara olmaydi. To'pni orqasidan u yoqdan, bu yoqqa chopishning o'zi bilan vazifa bajarilib qolmaydi. Hozirda murabbiylar juda ham ko'payib ketgan. Bazida shunday bo'lyaptiki, hamma narsani o'yinchilarning o'zlari bajarishyapti.


  • “Namanganlik muxlislarning kuchi bizga dalda berardi”

- Futbol o'ynagan paytlaringizni eslaganda nimalarni ayta olasiz?
- Yaxshi xotiralar qolgan. Nimaga deganda, futbolni maza qilib o'ynaganman. Mehr bilan to'p surardim. Kerak bo'lsa janjallashib ham ketardik. CHunki men mag'lubiyatni xazm qila olmasdim. Oddiy misol, o'z jamoamiz bilan ikkiga bo'linib o'ynaganimizda ham yutqazishlikka chiday olmasdik.

- Eng yorqin faoliyatingizni qaysi jamoada o'tkazgansiz?
- Qaerda o'ynagan bo'lsam, hammasida. “Paxtakor-79”, “Navbahor”, “Buxoro”, “Surxon”, “Nasaf”. Umuman aytganda, ajoyib davrlarni o'tkazganman. Hozir taktik uslublar o'zgaryapti, lekin o'yin o'sha-o'sha. “Navbahor”da o'ynaganimda muxlislarning kuchli qo'llab-quvvatlashi evaziga ketma-ket hujumlar uyushtiraverardik. Aynan ularning daldasi bilan orqaga qayta olmasdik. “Buxoro”da ham chiroyli o'yinlar ko'rsatganmiz. “Surxon”da esa masuliyat yanada oshgandi. Hamma sizga qarab nimadir kutib tursa, albatta vazifa ham shunga yarasha bo'lardi. Ertaga Keldiev yaxshi o'ynay olmadi, degan gap-so'zlar bo'lmasligi uchun ham kuchim boricha faol harakat qilib, jamoamga foyda keltirishga harakat qilardim. “Nasaf”da yoshi katta futbolchilar ko'proq edi va ularning g'ayrati, ishtiyoqi ko'p narsani hal qilardi. Bahrom aka Hakimov o'yinchilarni qanday ruhlantirishni juda yaxshi bilardi.

- O'ynagan klublaringizdan qaysi biri haligacha sizni eslab qo'ng'iroq qilib turishadi?
- Hammasi deyishim mumkin. Namangandan meni eslab turadigan odamlar bor. Buxorodan ham oz bo'lsa-da qo'ng'iroq qilib turadilar. O'ynagan davrimdan shikoyat qila olmayman. Ayniqsa, mening oddiyligimni ko'proq eslashadi.


  • “Bazida murabbiylar o'zini-o'zi aldaydi”

- Birga to'p surgan futbolchilaringiz orasidan o'zingiz uchun ramziy terma jamoani aytib bera olasizmi?
- Agar siz aytgandek qiladigan bo'lsam, unda uchta tarkibni yig'ishimga to'g'ri keladi. Bir-biridan kuchli futbolchilar bilan to'p surganman. Masalan, ulardan biri hozirda PFL bosh direktori Farhod Magomedov. Rosti, birdaniga sizga ramziy jamoani aytib bera olmayman. Ko'pchiligiga joy tegmay qolishi aniq. Hozir esa ramziy jamoani tuzish osonroq. Kim gol urayotgan bo'lsa, o'shani hujumga qo'yishadi. Yoki ozroq to'p o'tkazib yuborayotgan jamoa bo'lsa, o'shaning himoyachisi tarkibdan joy oladi. Lekin mening fikrim boshqacharoq.

- Xo'sh, qanday?
- Men asosan o'yin sifati bo'yicha fikrlayman. To'g'ri, hujumchi o'z goli bilan taniladi. Lekin shunday o'yinchilar bo'lganki, ular golsiz ham jamoasining muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shganlar. Agar kimdir 11 ta gol urgan bo'lsa, u qanday qilib va kimlarga gol urdi? Futbol o'ynab yurgan paytimda shunday bo'lganki, bir yili umuman gol urmagandim. Adashmasam, 1992 yili “Navbahor” safida edi. Lekin hamma uchrashuvda to'p surganman. Faqat Kubok bahsida “Neftchi” darvozasiga jarima to'pidan gol urgandim. Bu esa butun muxlislarning yodida qoldi va haligacha gapirib yurishadi.

- Jarima zarbalaridan qanday foydalanishni yaxshi bilardingiz. O'sha paytda Mirjalol Qosimovga o'xshab bunday imkoniyatlardan unumli foydalana olardingiz. Jarima zarbalarini golga aylantira olishingizning siri nimada edi?
- Buning hech qanday siri yo'q. Agar bu sir bo'lganida murabbiy hamma shogirdiga ham jarima to'plarini qanday tepishni o'rgatmasdi. Bunday jarayonlarga futbolchining o'zi qiziqishi kerak. Masalan, Odil Ahmedov yaxshi futbolchi, lekin u jarima zarbalarini bajara olmaydi. Server Jeparovda esa jarima to'plarini qoyillatib bajarish istedodi bor. Agarda bu narsani o'rgatish kerak bo'lganida murabbiylar o'yinchilariga albatta o'rgatishgan bo'lardi. Ammo ular buni ham ko'ngildagidek uqtira olishmayapti. Bir tomondan qaraganda, hozirgi o'yinchilarga ko'p narsani o'rgatib ham bo'lmaydi. Baribir o'zi bilganidan qolishmaydi. Haligacha faoliyatimni eslaganimda qandaydir fantaziyalarga berilaman. Balki hozirgi futbolchilarga hamma narsa etarli bo'lib ulgurgandir. Hattoki, o'yinchi bajarayotgan ishni ayrim murabbiylar tushunmaydi. SHuningdek, menga vaqt berganida albatta vazifani bajardim, degan gapni ko'p eshitaman. Ikki yildan beri jamoa tuza olmagan murabbiy 10 yilda ham hech nima qila olmaydi. Bu o'zini-o'zini aldash, harqalay men shunday tushunaman.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика