So’nggi yangiliklar

18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  2 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  1 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4 13:21"Арсенал" жамоанинг эҳтимолий янги ўйинчисидан хафа  2 12:52"Тоттенхэм" 45 млн евролик харидни амалга ошириши мумкин  1

Vali Keldiev: "Nasaf" va "Lokomotiv" bahsida imkoniyat teng" Yangiliklar

Vali Keldiev: "Nasaf" va "Lokomotiv" bahsida imkoniyat teng"

Futbolchilik faoliyatidagi eng yorqin damlarini "Nasaf"da o'tkazgan Vali Keldiev, o'z vaqtida qarshiliklarning hozirgi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berliev bilan maydon markazida ajoyib juftlikni xosil qilgan desak mubolag'a bo'lmaydi.
Butsalarini mixga ilgan Keldiev bugungi kunda "Mashal"ning ikkinchi ligada ishtirok etuvchi jamoasini boshqarmoqda. Bugun Toshkentda o'tadigan "Lokomotiv" - "Nasaf" bahsi oldidan sobiq futbolchining fikrlari bilan o'rtoqlashdik.

- Bilasizmi, bugungi o'yinda biror-bir jamoani alohida ajratib ko'rsata olmayman", - deya o'z fikrini bayon etdi Vali Keldiev. CHunki hozirgi kunda "Nasaf"da ham "Lokomotiv"da ham o'yin va boshqa jihatlar bo'yicha imkoniyat tengdir. Poytaxt jamoasi tarkibida ham mamlakatimizning taniqli va kuchli futbolchilari o'ynamoqda. SHuningdek "Nasaf" safida harakat qilayotgan o'yinchilar saviyasi ham yuqori. SHuning uchun bugungi o'yinda kim yaxshiroq xarakat qilib, g'alaba qozonishni ko'proq istasa o'sha jamoa yutadi, deb o'ylayman.

- "Nasaf" bu yilgi mavsumni barqaror o'tkazmoqda. Bunda jamoa ustozi Ro'ziqul Berdievning xizmati yotibdi deb bilaman. Futbolchilik davrimda Qarshi jamoasida bir-biridan ajoyib bo'lgan mavsumlarni o'tkazganman. Iliq xotiralar qolgan. SHuning uchun ham bugungi o'yinda, "Nasaf" uchun muxlislik qilaman. Taxminimcha bugun ajdarlar kichik hisobda g'alaba qozonsa kerak, yoki durang o'ynaydi.

- Ilgari "Nasaf" tarkibida "Lokomotiv"ga qarshi o'ynaganman. To'g'risi o'sha paytlarda, bu jamoalarning to'qnashuvi hozirgidek, shiddatli ruhda o'tmasdi. CHunki u paytda, temiryo'lchilar oldiga yuqori maqsadlar qo'yilmagandi. Bu yil esa aksincha, jamoa tarkibi kuchaytrilib, vazifa ham shunga monand yuqori bo'lmoqda.

- Turning markaziy o'yini bo'lmish, "Lokomotiv" - "Nasaf" bahsini bugun TVda to'g'ridan to'g'ri olib ko'rsatilsa, yaxshi bo'lardi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика