So’nggi yangiliklar

16:41"Футбол олами". "Машъал"дан 4:0, "Насаф" марказий ўйинда ғалаба қозонди, Тошкент дербисида дуранг — 12-тур ҳақида батафсил   0 16:29Неймарнинг отаси: "Ўғлимни ҳар куни карнавалда деб ўйлашни бас қилинг"  1 16:00Ўзбекистон терма жамоаси сардори Элдор Шомуродовнинг нархи ошди  4 15:47Коул Палмер қимматбаҳо соат сотиб олди  0 15:21"Бавария" "Барселона" хавбекига қизиқиш билдирмоқда  0 14:53"Насаф" – "Навбаҳор" учрашувида пенальти бормиди? Суперлиганинг 12-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  5 14:27"Наполи" Луккани Лукакуга ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 13:58Ҳожимат Эркинов: "Машинани акамга совға қилдим, чунки футболга кириб келишимда уларнинг ҳиссалари катта"  5 13:32Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин  0 13:05Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди  15 12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  2 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  3 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  8 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3

Vali Keldiev: “Andijon” O'zbekistonning boshqa klublari bilan ham bellashishga qodir” Yangiliklar

Vali Keldiev: “Andijon” O'zbekistonning boshqa klublari bilan ham bellashishga qodir”

Teglar :  NorinVali Keldiev
“Norin” klubi mavsumni yomon o'tkazayotgani yo'q. Ular bejizga turnir jadvalida yuqori o'rinlarda bormayapti.

Vali Keldiev bosh murabbiyligidagi haqqulobodliklar raqobatbardosh jamoa sifatida shakllanmoqdalar. Garchi “Andijon”ga qarshi bellashuvda yirik hisobda yutqazishgan bo'lsa-da, ularning o'yini muxlislarda yomon taassurot qoldirmadi. Uchrashuv tugaganidan so'ng “Norin” bosh murabbiyining fikrlari bilan qiziqib ko'rdik.

- Birinchi bo'lim bo'yicha yigitlarga katta etirozim yo'q, - deya gap boshladi Keldiev. - Ular yomon o'yin ko'rsatishmadi. Baribir “Andijon” jamoasi o'z uyida o'ynadi. SHuning evaziga ikkinchi bo'limda mezbonlar bizga nisbatan bosimni kuchaytirishgani sababli futbolchilarimiz vaziyatlarni to'g'ri baholay olmay qoldilar. Umuman olganda, andijonliklar ikkinchi bo'limga ruhlangan holda chiqdilar. Aynan o'yinning ikkinchi qismida bir qator vaziyatlar bizga halaqit qildi.

- Jamoamizning yo'qotadigan narsasi yo'q edi. Hisob 2:1, 3:1 bo'lgan paytlarda ham oldinga tashlandik. O'z darvozamizdan gollarni mana shunday holatlarda o'tkazib yubordik.


- “Andijon” jamoasining -o'yini haqida fikringiz qanday?

-  “Andijon” yaxshi jamoa. Tarkibida tajribali o'yinchilari bor. SHuning evaziga ular O'zbekistondagi boshqa klublar bilan ham bellasha olishga qodir. Garchi bugun yutishgan bo'lsa-da, menimcha ularning qaysidir manoda o'yini u qadar qovushmadi, shekilli. Yoki biz yaxshiroq o'ynadik. Nima bo'lganda ham natija bo'yicha ular engishdi. Uchrashuv davomida futbolchilarimizning o'yinlaridan qoniqdim. Ammo ayrim vaziyatlar bo'yicha etirozlarim bor. Xatolarim ham bo'ldi. Ayrim futbolchilarimiz sariq kartochkalar tufayli bu o'yinni o'tkazib yuborishdi. SHuning evaziga uch nafar asosiy o'yinchilarimiz bugungi bahsda bizga yordam bera olishmadi.

- “Norin”ga qaytib kelganingizdan keyin jamoa yana kuchayishga erishyapti. Ayting-chi, klubning maqsadi qanday?


- Maqsad – har doim oldinga intilish. Kuchimiz qanchaga etsa, shuncha harakat qilamiz. Yigitlar ham har bir uchrashuvda bor kuchlarini berib o'ynashyapti. Futbolchilarimiz ko'rsatmalarni to'liq bajarishmasa ham chiroyli o'ynashga harakat qilishyapti.

- Jamoangiz birinchi bo'limda yaxshiroq ko'rindi. Ikkinchi bo'limda esa...O'zi tanaffusda nimalar degandingiz?


- Agarda birinchi bo'lim 1:1 hisobida tugaganida hammasi boshqacha ko'rinishda bo'lardi deb o'ylayman. Ammo bo'lim oxirlarida penaltidan to'p o'tkazib yubordik. Hisob 2:1 bo'ldi nima, 3:1 bo'ldi nima? Baribir mag'lubiyat va bu hisoblar bizni qoniqtirmasdi. SHuning uchun hujumlar uyushtirishga harakat qildik. Murabbiyning ko'rsatmalaridan tashqari o'yinchilar hisobni o'zgartirish uchun o'z qiziqqonligi bilan ham oldinga tashlanaveradilar. “Andijon” jamoasiga omad tilayman.

SHuhratbek JO'RAEV

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика