Valeriy Nepomnyashiy: "Odil Ahmedov yuqori saviyadagi professional va jamoaviy o'yinchi"

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2016, 09:26
Odil Ahmedovning sobiq ustozi Valeriy Nepomnyashiy futbolchining "Shanxay SIPG"ga o'tishiga izoh berdi.
"O'shanda undan hozirgidan ham kuchliroq futbolchi chiqishiga ishongandim. Odil juda ham yuqori saviyadagi futbolchi. Afsuski, u Yevropaga emas, Xitoyga ko'chib o'tdi, ammo boshqa tomondan uning uchun yomon transfer emas.


Shunchaki u bundan ko'prog'iga loyiq deb hisoblayman. Ammo Ahmedov Rossiyadagi faoliyatini ajoyib o'tdi. U bilan birga ishlagan istalgan murabbiydan so'rang, Odilga qandaydir etirozi bormikin? U yuqori saviyadagi professional va jamoaviy o'yinchi. "Krasnodar"da uni qanotda o'ynatishdi, Odil esa tayanch yarim himoyachisi. "Anji"ning yulduzli tarkibida o'ynadi, "Krasnodar"da ham oxirgi rollarda yurgani yo'q", - deydi Nepomnyashiy "SE" nashriga.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru