Valeriy Makagonov xotirasini yodga olib
08 may 2015 11:02
Yangiliklar

Valeriy Makagonov xotirasini yodga olib
Mubolag'a emas, Xorazm viloyati futbolining rivojida O'zbekiston xalq talimi alochisi, respublika toifasidagi hakam Valeriy Makagonovning o'ziga xos o'rni bor.
U o'tgan asrning 80-90 yillarida Urganch shahridagi futbol yo'nalishidagi sport maktabiga rahbarlik qilib, ko'plab iqtidorli futbolchilarni voyaga etkazish ishiga ulush qo'shdi. SHuningdek, bu inson o'sha davrlar mamlakatimizda futbol hakami sifatida ham faoliyat yuritgan. Kezi kelganda aytib o'tish joizki, V. Makagonov sobiq ittifoq birinchiligining “B” sinfi doirasidagi uchrashuvlarni boshqargan. Voha futbolining fidoyisi 1993 yili yorug' olamdan ko'z yumgandi.
Mana bir necha yildirki, 9 may “Xotira va qadrlash kuni” arafasida Valeriy Makagonovning porloq xotirasini yodlab turnir tashkil etilayotir. Urganch shahridagi “Dinamo” o'yingohida viloyat xalq talimi boshqarmasiga qarashli 2-son bolalar va o'smirlar sport maktabi tashabbusi bilan uyushtirilgan navbatdagi musobaqada 2000-2001 yillarda tug'ilgan yosh “charm to'p” ustalaridan iborat 10 ta jamoa ishtirok qildi. Xotira turnirini yuksak saviyada uyushtirishda viloyat madaniyat va sport ishlari hamda xalq talimi boshqarmalari, viloyat futbol federaciyasi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati munosib ulush qo'shdi.
O'yinlar avvaliga ikki guruhda olib borildi. Guruhlarda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar yarim final juftliklarini hosil qilishdi. O'z navbatida viloyat markazining “Do'stlik” va “Xorazm” jamoalari 3 - o'rin uchun maydonga tushishdi. Asosiy vaqtda g'olibni aniqlashni imkoni bo'lmadi, 0:0. Penaltidan to'p tepishda “do'stlik”chilar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi. Musobaqa g'olibligi uchun 2-son viloyat bolalar va o'smirlar sport maktabining “Paxtakor” va “Lokomotiv-BFK” jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. Bu uchrashuvda “Lokomotiv-BFK” jamoasi 1:0 hisobida ustun kelib, xotira turniri g'olibiga aylandi.
Musobaqaning yopilish marosimida qatnashgan respublika “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisi o'rinbosari B. Safarov musobaqa borasida iliq fikrlarini bildirib, bunday tadbirlar kelgusida yoshlarni elga sadoqatli, insonlarga nisbatan mehr-oqibatli ruhda voyaga etkazishda muhim ahamiyat kasb etishini takidladi. O'z navbatida g'olib va sovrindor jamoalar va ularning futbolchilari turnir tashkilotchisi – 2-son viloyat bolalar va o'smirlar sport maktabi tomonidan tegishli darajadagi diplom va sovg'alar taqdirlanishdi.
Ikrom XUDOYBERGANOV.

Fikrlar