Valentin Kovalenko Suzuki Cup final bahsini boshqardi
19 dek 2014 12:43
Yangiliklar
Valentin Kovalenko Suzuki Cup final bahsini boshqardi
Valentin Kovalenko boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi Tailand va Malayziya terma jamoalari o'rtasida kechgan SHarqiy Osiyo Kubogi (Suzuki Cup-2014) finali dastlabki uchrashuvini boshqardi.
17 dekabr kuni Bangkok shahrida o'tkazilgan ilk final bahsida Tailand Malayziya ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda Valentin Kovalenkoga qanotlarda Mamur Saidqosimov hamda Jahongir Saidovlar yordam berishdi.
Malayziya va Tailand terma jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvi 20 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, ASEAN mintaqasining jami 8ta terma jamoasi ishtirok etgan mazkur turnirda Kovalenkodan tashqari yana bir o'zbekistonlik referi - Ilgiz Tantashev ham hakamlik qilgan edi.

championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar