Valentin Kovalenko Osiyo chempionlar ligasi yarim finali o'yinini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
29 sen 2015, 10:27
OCHO-2015 yarim final bosqichi, dastlabki o'yinlari doirasida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" hamda Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ahli" jamoalari o'rtasidagi o'yinni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

29 sentyabrda bo'lib o'tadigan ushbu uchrashuv bosh hakami - FIFA referisi Valentin Kovalenko. Unga qanotlarda Mamur Saidqosimov hamda Husniddin Shodmonovlar yordam berishadi. To'rtinchi hakam - Sherzod Qosimov.

Uchrashuv komissari - Abdulg'ofur Abdulhamid (Maldiv orollari). Nazoratchi - Tamikava Toru (Yaponiya).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com