Valentin Kovalenko OCHL 3-saralash bosqichidan o'rin olgan "SHandun Lunen" - "Xanoy T&T" uchrashuvni boshqaradi
14 fev 2019 10:30
Yangiliklar


Valentin Kovalenko OCHL 3-saralash bosqichidan o'rin olgan "SHandun Lunen" - "Xanoy T&T" uchrashuvni boshqaradi
O'zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro uchrashuvlarni boshqarish uchun tayinlov olishayotgani haqida xabaringiz bor.
Hamyurtimiz Valentin Kovalenko 19 fevral kuni bo'lib o'tadigan Osiyo chempionlar ligasi 3-saralash bosqichidan o'rin olgan Xitoyning "SHandun Lunen" va Vetnamning "Xanoy T&T" jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Capenko va Temur Gaynullinlar yordam berishadi.
Eslatib o'tamiz, shu kuni Toshkentning "Paxtakor" va Olmaliqning "AGMK" jamoalari ham 3-saralash bosqichidan o'rin olgan o'yinlarni o'tkazishadi. "Paxtakor" BAAning "Al-Nasr" jamoasiga qarshi, "AGMK" esa Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" jamoalariga qarshi kuch sinashishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar