Valentin Kovalenko ham Superliga uchrashuvlaridan chetlatildi
07 apr 2018 22:37
Yangiliklar
Valentin Kovalenko ham Superliga uchrashuvlaridan chetlatildi
Superliga 5-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” - “Qo'qon-1912” uchrashuvida bosh hakamga yordam bergan Akbar Quvvatov qo'pol xatoga yo'l qo'ygani uchun jazolanishi haqida xabar berib o'tgandik.
O'yindan keyin O'FA Hakamlar qo'mitasi uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam Valentin Kovalenkoning ham xatti-harakatlarini o'rganib chiqishdi. Xulosaga ko'ra, “Lokomotiv” - “Qo'qon-1912” uchrashuvi bosh hakami o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rmagani, natijada bir qator vaziyatlarda, jumladan, 17-daqiqada “Lokomotiv” azosi Marat Bikmaev gol kiritgan vaziyatda o'yindan tashqari holatni aniqlashda va ikkinchi bo'limda “Qo'qon-1912” darvozasiga penaltini belgilashda xatoga yo'l qo'ygani qayd etildi.
Valentin Kovalenko ham endilikda malum muddat Superliga o'yinlariga qo'yilmaydi.
Fikrlar