Valentin Kovalenko brigadasi OCHL-2014 saralash o'yinini boshqaradi
23 dek 2013 07:34
Yangiliklar

Valentin Kovalenko brigadasi OCHL-2014 saralash o'yinini boshqaradi
Valentin Kovalenko boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi 2014 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi saralash bosqichi o'yinlariga tayinlanuv oldi.
15 fevral kuni Osiyo CHempionlar ligasi 3-saralash bosqichi o'yinlari o'tkaziladi. SHu kuni Xitoy chempionati 3-o'rin sohibi, Pekinning Beyjing Guoan klubi o'z maydonida 2-saralash bosqichi g'olibini qabul qildi. Bunda xitoyliklarga Singapurning Tampines Rovers, Gongkongning Saut CHayna yoki Tailandning CHonburi klublari raqiblik qilishi mumkin.
OFK OCHL-2014 guruh bosqichi yo'llanmasi taqdiri hal etiladigan muhim o'yinni o'zbekistonlik FIFA referisi – Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasiga ishonib topshirdi. Kovalenkoga qanotlarda Rafael Ilyosov va Mamur Saidqosimov yordam bersa, Ilgiz Tantashev to'rtinchi hakam sifatida xizmatda bo'ladi.
Qayd etish joiz, Osiyoning elit hakamlari qatoriga kiruvchi Valentin Kovalenko Osiyo CHempionlar ligasi bahslarini boshqarish uchun muntazam takliflar oladi.
OCHL-2014, 3-saralash bosqichi uchrashuvi
15 fevral, shanba
BEYJING GUOAN (Xitoy) – 2-saralash bosqichi g'olibi (TAMPINES (Singapur), SAUT CHAYNA (Gonkong) yoki CHONBURI (Tailand)
Bosh hakam: Valentin Kovalenko (O'zbekiston).
Yon qanot hakamlari: Rafael Ilyosov (O'zbekiston), Mamur Saidqosimov (O'zbekiston).
To'rtinchi hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston).
Nazoratchi: Azimi Bin Abdulloh (Malayziya).
Komissar: Kim Dae Ap (Janubiy Koreya).

Fikrlar