Valentin Karboni: "O'zbekistondan shunday o'yin kutgandik"
21 may 2023 18:20
Yangiliklar
Valentin Karboni: "O'zbekistondan shunday o'yin kutgandik"
"Bugungi g'alabadan xursandmiz. Ushbu seriya davom etishi kerak, bu hali boshlanishi. Menga o'yinimiz yoqdi, biz jamoaviy harakat qila oldik. Lekin to'g'rilashimiz kerak bo'lgan kamchiliklarimiz ko'p. Jahon chempionatining dastlabki o'yinida jamoa muxlislarining qo'llab-quvvatlovi ostida g'alaba qozonish yoqimli tuyg'u sanaladi.
O'zbekiston juda qiyin raqib edi. Biz ulardan shunday o'yinni kutgandik. Raqibning yaxshi o'yin namoyish etishini oldindan bilardik. Baxtimizga hisobda ortda qola turib, natijada tezda o'zgartira oldik. Bu bizni biroz tinchlantirdi va o'yinni nazorat qilishimiz uchun xotirjamlik taqdim etdi. Bazi vaziyatlarda yaxshi harakat qildik, bazilarida qiyinchilikka duch keldik. O'z ustimizda ishlashda davom etamiz.
G'alabani menga hamroh bo'lgan va stadiondan turib qo'llab-quvvatlagan otam, onam, singlim, shuningdek, Evropadan etib kela olmagan ikki aka-ukamga bag'ishlayman", dedi "Inter" hujumchisi.
Fikrlar