“Valensiya” Otamendi bilan shartnoma imzolaganini elon qildi
06 fev 2014 10:26
Yangiliklar


“Valensiya” Otamendi bilan shartnoma imzolaganini elon qildi
“Valensiya” klubi “Portu” himoyachisi Nikolas Otamendini sotib olganini elon qildi.
O'yinchining “ko'rshapalaklar” bilan tuzgan shartnomasi besh yilga mo'ljallangan va 2014 yilning 1-iyulidan kuchga kiradi.
“Valensiya” 25 yoshli argentinalik futbolchining transferi uchun 12 million evro bergan. Bundan tashqari “Portu” bonus sifatida yana 3 million evro ishlab olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, pasporti bilan bog'liq muammo tufayli Otamendi yanvarda “Valensiya”ga o'ta olmagandi.

Fikrlar