"Valensiya" klubi bosh direktori ishdan bo'shatildi
08 noy 2019 04:24
Yangiliklar
"Valensiya" klubi bosh direktori ishdan bo'shatildi
Bu haqida "ko'rshapalaklar" rasmiy sayti malum qildi.
Klub bosh direktori Mateu Alemani o'z lavozimidan ozod qilingan. SHu munosabat bilan "Valensiya" matbuot xizmati Alemaniga klubga nisbatan ulkan sadoqati, jamoa rivojidagi say-harakatlari va barcha yutuqlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq, Ispaniya OAVlarida Alemani klub xo'jayini Piter Lim bilan murosaga kelolmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, "Valensiya" Mateu Alemani boshqaruvi ostida qatorasiga 2 marta Ispaniya chempionatini kuchli to'rtlikda yakunladi.
Fikrlar