"Valensiya" himoyachisi APLga qaytishi mumkin
22 apr 2020 17:34
Yangiliklar


"Valensiya" himoyachisi APLga qaytishi mumkin
"Valensiya" himoyachisi Gabriel Paulista APLning ikki klubi qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.
Ammo, klublarning nomlari aytilmayapti. 29 yoshli Gabriel "Valensiya"ga 2017 yilning avgustida Londonning "Arsenal" klubidan 11 million evro evaziga o'tgan edi.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Gabriel Paulistaning "Valensiya" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar