"Valensiya" Gayya bilan shartnoma uzaytirilganini tasdiqladi
09 may 2015 12:14
Yangiliklar


"Valensiya" Gayya bilan shartnoma uzaytirilganini tasdiqladi
"Valensiya" o'zining rasmiy saytida yarim himoyachi Xose Luis Gayya bilan shartnoma uzaytirilganini tasdiqladi.
Yangi kelishuv 2020 yilning 30 iyunigacha belgilandi.
"Valensiya" bilan yangi bitim imzolaganimdan xursandman. Buni avvaldan istaganman va bu rasman tasdiqlanganidan baxtliman. Rahbariyatga ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu 25 may kuni nishonlaydigan tug'ilgan kunim uchun ajoyib sovg'a. Endi esa "Real"ga qarshi o'yin haqida o'ylashim kerak. Raqib juda xavfli, ammo biz g'alabaga erisha olamiz" - deydi Gayya.

Fikrlar