Valbuena Benzemaning termaga chaqirilgani haqida nimalar dedi?
21 may 2021 00:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/638637_original.jpg)
![](/upload/storage/638637_220.jpg)
Valbuena Benzemaning termaga chaqirilgani haqida nimalar dedi?
Franciya termasining sobiq futbolchisi Mate Valbuena "Real" forvardi Karim Benzemaning termaga chaqirilgani haqida gapirdi.
"Bu haqda gapirishni istamayman. Agarda u terma uchun katta foyda bersa, bu juda yaxshi. Nimadir deyishga haqqim yo'q. Bosh murabbiyning tanlovini muhokama qila olmayman.
Men uchun Desham ushbu holatda har qanaqasiga g'olib bo'lgan. Agarda uning fikrlari ish bersa, qiyin holatlardan chiqib keta olsa, bu yaxshi. Ammo ishlari o'xshamasa, bu uning aybi bo'ladi. Desham tarkibni yig'ishni biladi", - dedi futbolchi.
2015 yilda Valbuena bilan janjaldan keyin Benzema termadan haydalgandi. Oradan bir qancha vaqt o'tib, Valbuena shantajchilarga Benzemaning videosi internetga chiqib ketishi uchun pul to'laganidan gumonsiralgan va u ham termadan chetlatilgandi.
SHu boisdan ushbu futbolchilar Evro-2016 va JCH-2018da qatnashmagandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar