Vagiz Galiulin: Rubinga kerak ekanimni isbotlamoqchiman
21 jan 2014 15:02
Yangiliklar
Vagiz Galiulin: Rubinga kerak ekanimni isbotlamoqchiman
Bir necha yildan buyon Qozonning Rubin klubida to'p tepib kelayotgan hamyurtimiz Vagiz Galiulin yarim yildirki, jarohatini davolash bilan band bo'lmoqda.
SHu kunlarda milliy terma jamoamizning sobiq yarim himoyachisi Germaniyada muolajalarni davom ettiryapti. Jarohatlar sabab Vagizning Rubindagi ishlari hech oldinga siljib ketmayapti. Endi maydonga qaytdi, deganda yana jarohat orttirib oladi. O'tgan yili Yagodina klubiga qarshi bo'lib o'tgan Evropa Ligasi doirasidagi uchrashuvda jarohat olgan yurtdoshimizning qaytishi ham noqulay paytga to'g'ri kelib qoldi. Rubinda bosh murabbiy o'zgargan. Tabiiyki, Rinat Bilyaletdinov tarkibda qandaydir o'zgarishlarni amalga oshiradi. Qozonliklar 29 yanvardan Ispaniyada o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishishadi. Aynan shu yig'inda ko'p narsaga oydinlik kiritilsa kerak. Biz Galiulin bilan bog'lanib, undan ayni mavzu yuzasidan intervyu oldik.
- Vagiz, jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni qanday ketyapti?
- Hozir Germaniyadaman. SHifokor nazorati ostida muolajalarni davom ettiryapman. Rejaga ko'ra, fevralning boshlarida yugurishni boshlayman. O'tgan yili avgust oyida Evropa Ligasi doirasidagi Yagodina klubiga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olgandim.
- Yarim yildan beri jarohatni davolayotganingizga qaraganda, u jiddiy ekanda?
- Ha, to'pig'imdan jiddiy jarohat olgandim. Bitishi qiyin kechyapti.
- Qachon jamoangiz safiga borib qo'shilasiz?
- Rubin 29 yanvardan Ispaniyada yig'in boshlaydi. SHu kuni jamoam safiga borib qo'shilaman. Lekin hali yugurish mumkin emas. SHu boisdan, Ispaniyada ham muolajalar davom ettiriladi. Alohida dastur bo'yicha mashg'ulotlarni o'tkazaman.
- Qozon klubi bilan shartnomangiz qachongacha imzolangan?
- SHu yil dekabr oyida tugaydi.
- Rubinni ko'p yillardan beri boshqarib kelgan murabbiy qurbon Berdiev istefoga chiqarildi. Uning jamoadan ketishi sizning kelgusi faoliyatingizga salbiy tasir qilmaydimi?
- Ochig'i, hozircha bu haqda umuman o'ylamayapman. Bor etiborni imkon qadar tezroq jarohatdan forig' bo'lib, safga qaytishga qaratganman. Berdievning jamoadan ketishi esa bu katta yo'qotish. Menimcha, shuncha mavsum jamoaga ustozlik qilib, ijobiy natijalarga erishgan mutaxassis istefoga loyiq emasdi. To'g'ri, ichki chempionatdagi natijalar yaxshi emasdir, ammo Evropa Ligasidagi o'yinlar aytishga arzigulik. qurbon Bekievichning ketishi faoliyatimga qay darajada tasir etishini vaqt ko'rsatadi. Fursatdan foydalanib, Berdievga bir necha yillik hamkorlikdagi faoliyatimiz uchun rahmat aytmoqchiman. U haqiqatan ham kuchli murabbiy. Barselonani Nou Kamp stadionida mag'lub etish hammaga ham emas. Ayniqsa, yaqin yillarda Rossiya klublari bu natijani takrorlashiga ishonmayman.
- Yangi murabbiy bilan gaplashdizmi?
- Yo'q, hali. 29 yanvar kuni Ispaniyaga uchib boraman va o'shanda gaplashib olaman. Bu uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapman.
- Rinat Bilyaletdinovga Rubinda bir paytlar O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynagan Vladimir Maminov yordam beradi. Maminov bilan yaqindan tanishmisiz?
- Maminovning terma jamoamiz tarkibidagi o'yinlarini ko'rganman, lekin tanish emasmiz. Yangi bosh murabbiyimizda Pro licenziyasi yo'qligi sababli bosh murabbiy sifatida aynan Maminov ishlab turar ekan. Rossiya Professional futbol ligasi qaydnomasida ham shunday yozilarkan.
- Vaziyatni o'zgartirish haqida o'ylamayapsizmi? Yani boshqa klubga o'tishni nazarda tutyapman.
- Yuqorida aytganimzdek, birinchi galda jarohatdan qutulib safga qaytib olishim kerak. Jarohatlar epidemiyasi Rubinning asosiy tarkibiga kirishimga to'sqinlik qilyapti. Endi maydonga qaytishim bilan yana jarohat. Futbolchining eng katta dushmani ham shu.
- Rubindan ketish haqida hech o'ylaganmisiz?
- Bunday holat bo'lgan. Ayniqsa, zaxirada o'tirib qolgan paytlarim jamoani o'zgartirish fikri ko'p bor kelardi. Lekin sabr qilardim. To'g'risini aytsam, Rubin menga juda ham yokadi. Bir necha yildan beri Qozon klubida o'ynayotganim uchun bu klub men uchun qadrli bo'lib qolgan. SHunchaki tashlab ketish qiyin.
- Vagiz, hamyurtlarimizdan Andrey Fyodorov va Marat Kabaevlar ham Rubinda ishlashyapti. Ular bilan klubdagi ishlaringizda maslahatlashib turasizmi?
- Ha, ular klubning selekciya bo'limida ishlashyapti. Ikkalalari bilan ham gaplashib, ulardan maslahat olib turaman. Ular borligi uchun ham o'zimni Rubinda begonadek his qilmayman.
- Bo'lib o'tgan o'zgarishlardan so'ng Fyodorov va Kabaev jamoada qolisharmikan?
- Ochig'i, bilmadim. Hozir ishlashyaptimi yo'qmi, buni bilmayman. 20 yanvar kuni Qozonga boraman (suhbat 18 yanvar kuni bo'lib o'tgan). Germaniyaga kelganimdan keyin ular bilan hali gaplashmadim. O'ylaymanki, jamoadagi murabbiyning almashishi klub strukturasidagi ishlarga tasir qilmaydi. Bosh murabbiy o'zgargani bilan klub rahbariyati ishlayapti. Bosh murabbiy tarkib va murabbiylar shtabida o'zgarish qilishi mumkin.
- Jarohat sabab yarim yil maydondan tashqarida bo'ldigiz. Terma jamoaga qaytishingiz uchun esa sizga muntazam o'yin amaliyoti kerak. Rubinda esa raqobat juda kuchli. Balki boshqa klubda yoki o'zga mamlakat chempionatida o'zingizni sinab ko'rarsiz? SHu haqda ham o'ylayapsizmi?
- To'g'ri aytdingiz, milliy terma jamoa safida mashg'ulot o'tkazish va uning libosida maydonga tushishni juda sog'indim. Imkon qadar tezroq termaga qaytgim kelyapti. Ammo, buning uchun tezroq sog'ayishim kerak. Boshqa klubga o'tish haqida esa hozircha o'ylamayapman. SHu erda kerak ekanligimni isbotlashim lozim.
BIZNING MA'LUMOT
Vagiz Iskanderovich Galiulin
Tug'ilgan yili va sanasi 10.10.1987 (Asaka, Andijon)
Bo'yi 175 sm
Vazni 66 kg
Jamoasi Rubin (Qozon, Rossiya)
Raqami 20
Ampluasi yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari
2004 Andijon 3 (0)
2005 Buxoro 1 (0)
2006 Traktor 64 (12)
2006-2009 Rubin 3 (0)
2010-2012 Sibir 30 (0)
2012-2013 Nefteximik 19 (2)
2013 yilning fevralidan yana Rubinda
Terma jamoada 11ta o'yin
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Fikrlar