So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Vagapov va No'monov "Metallurg" yig'inida ishtirok etmoqda Yangiliklar

Vagapov va No'monov "Metallurg" yig'inida ishtirok etmoqda

Bir yillik tanaffusdan so'ng yarim himoyachi Ruslan Vagapov yana bekobodliklar tarkibiga qaytishni ixtiyor etdi.
O'tgan yilgi chempionatda navoiyliklar safida eng ko'p shyin o'tkazgan va maydonda eng ko'p daqiqa to'p surgan Vagapov ayni paytda qadrdon jamoasi “Metallurg” tarkibida tayyorgarlik mashg'ulotlarida ishtirok etayapti.

Vagapov “Qizilqum” safida o'tgan yili 26 o'yinda 2203 daqiqa o'ynagandi. SHu o'rinda 2013 yili Ruslan “Metallurg” tarkibida 22 ta uchrashuvda maydonga chiqib, 1966 daqiqa o'ynaganligini qiyosan eslab o'tish mumkin. Oliy liga yarim himoyachilari orasida mahorati va tezkorligi bilan ajralib turuvchi Vagapov bekobodliklar tarkibini kuchaytirish aniq.
Mavsumga hozirlik ko'rayotgan yangi nomlar orasida shuningdek Ayubxon No'monovning ham borligini aytib o'tish lozim. Ulardan tashqari 2014 yilgi mavsumda yoshlar tarkibida o'zini ko'rsatgan qator futbolchilar ham ikki mahallik mashg'ulotlarda o'zlarini ko'rsatishga urinishayapti. Biroq kimlar bilan shartnoma imzolanadi, buni vaqt ko'rsatadi.
“Metallurg”ning dastlabki yig'ini CHirchiq shahrida 29 dekabrga qadar davom etadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика