Vadim Afonin: "Terma jamoadan taklif bo'lishini doim kutardim"
10 noy 2016 14:30
Yangiliklar
Vadim Afonin: "Terma jamoadan taklif bo'lishini doim kutardim"
Rossiyaning "Orenburg" klubi yarim himoyachisi Vadim Afonin O'zbekiston terma jamoasining yig'iniga chaqirildi.
Futbolchi terma jamoa safidagi mashg'ulotlardan keyin o'z fikrlarini bildirdi.
"Barchasi ajoyib, uzoq vaqtdan keyin terma jamoadagi birinchi mashg'ulotimni o'tkazdim. Taassurotlarim ijobiy. Bugungi terma jamoa tarkibida o'zim uchun yaxshi tanish bo'lgan futbolchilar va yoshlar borligini aytishim mumkin. Har qanday futbolchi o'z yurti sharafini himoya qilishni doim xohlaydi. SHu bois men ham terma jamoadan taklif bo'lishini doim kutardim. Nihoyat bu amalga oshdi. Terma jamoadan taklif olish yoqimli va bundan juda xursandman", - deydi Vadim Afonin "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.
Fikrlar