Vadim Afonin: “Nasib qilsa safardan ochko bilan qaytamiz”
11 noy 2016 15:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/227441_original.jpg)
![](/upload/storage/227441_220.jpg)
Vadim Afonin: “Nasib qilsa safardan ochko bilan qaytamiz”
Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz futbolchisi Vadim Afonin bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi.
“Biz Iordaniya terma jamoasi ustidan kichik hisobda g'alabaga erishdik. Mazmunli o'yin ko'rsatdik va muxlislar ham bundan mamnun bo'ldi, deb o'ylayman. Raqiblarimiz ham kuchli o'yin ko'rsatishdi. Ularda individual mahoratga ega bo'lgan futbolchilar bor. Iordaniyaliklar to'pni yaxshi nazorat qila olishdi. Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi turda safarda Janubiy Koreya terma jamoasi bilan bellashamiz. Iordaniya bilan bo'lgan bahs biz uchun Koreyaga qarshi uchrashuv oldidan yaxshigina tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Nasib qilsa safardan ochko bilan qaytamiz. Faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz”, - deydi Vadim Afonin.
Jahongir Sotvoldiev
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar