So’nggi yangiliklar

12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  0 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  4 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  32 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3

Vadim Abramovning ro'yxatidan tushib qolgan futbolchilar. Sultonov, Hasanov... Yangiliklar

Vadim Abramovning ro'yxatidan tushib qolgan futbolchilar. Sultonov, Hasanov...

Bundan bir necha soatlar oldin O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Toshkentda o'tadigan yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.

O'zbekiston MTJning Toshkentdagi yig'iniga kimlar chaqiruv oldi?

Ajablanarli jihati chempionatda yuqori o'rinlarda ketayotgan, restartdan so'ng barqaror o'yin namoyish qilayotgan AGMK jamoasidan birorta futbolchi yo'q. To'g'ri har bir murabbiy o'z uslubiga mos futbolchilar bilan ishlaydi. Lekin, terma jamoa bosh murabbiyi barcha jamoalarga birdek munosabatda bo'lish kerak nazarimizda. Ahir bu klub emas, terma jamoa. Bitta yig'inda bo'lsada imkoniyat berilishi kerak bo'lgan futbolchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Demak quyida bu borada fikrlashamiz.

Suhrob Sultonov - AGMK.

Bir necha yillar oldin o'rtamiyona darajada yurgan Suhrob Sultonov so'ngi ikki yilda o'sishga erishdi. Ayniqsa mahoratli kiper joriy mavsumda ko'ngildagidek harakat qilmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. "Paxtakor", "Qo'qon-1912", "Nasaf"ga qarshi kechgan uchrashuvlard qator seyvlari bilan jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Ko'pchilik muxlislar va mutaxassislar ushbu darvozabonni terma jamoamizning bo'lajak yig'inlariga taklif etilishini taxmin qilgandi. Biroq, Vadim Abramov uning o'rniga to'rtinchi darvozabon sifatida "Nasaf"ning yosh posboni Mashhur Muhammadjonovni tanladi. Agarda Sultonov shu yo'sinda ishlashda davom etsa balki keyingi hal qiluvchi yig'inlarga jalb qilinishi mumkin. 

2020 yilgi Superligadagi natijasi: 9ta o'yin, 810 daqiqa, 4ta quruq o'yin, 6ta gol o'tkazgan, 1ta sariq. 


Sardor Rahmonov - AGMK

Abramovni nazaridan chetda qolgan yana bir AGMK futbolchisi. Bu mavsumda omaliqliklar himoya chizig'ida juda tartibli va ishonchli o'yin ko'rsatmoqda. Mirjalol Qosimov ajoyib himoya qo'rg'onini qura oldi. Bunda albatta, iqtidorli himoyachi Sardor Rahmonovning ham hissasi katta. Markaziy va qanot himoyasida birdek to'p tepa oladigan Rahmonov ham o'zining o'yinlari orqali terma jamoaga munosib ekanligini ko'rsatib ulgurdi. Bugunga kelib Qosimovning eng ishongan himoyachilaridan biriga aylanibgina qolmasdan o'zining sifatlarini ham kuchaytirishga erishdi. Terma jamoamiz mudofaa chizig'ida raqobat kuchli ekanligini ham unutmasligimiz lozim. O'z vaqtida yoshlar va olimpiya terma jamoamizda etakchilardan biri bo'lgan Rahmonovga keyingi yig'inlarda imkoniyat beradi degan umiddamiz. 

2020 yilgi Superligadagi natijasi: 9ta o'yin, 613 daqiqa, 1ta pas, 1ta sariq. 



Jasur Hasanov - "Sug'diyona" 

O'zining ikkinchi yoshligini boshidan kechirayotgan qariya futbolchilarimizdan biri Jasur Hasanov hisoblanadi. Darhaqiqat yoshi katta bo'lishiga qaramasdan ushbu futbolchi o'tgan mavsumdan beri "Sug'diyona"ning maydondagi asosiy quroli bo'lib kelmoqda. Ko'pchilik uning vaqti o'tganini takidlashi tabiiy. Biroq, biz bir paytlar ko'rgan Hasanovdagi o'sha tezlik, o'tkir paslar hamon bor. Restardan so'ng "Paxtakor" va "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvlardan qanday harakat qilganiga etibor berdingizmi? Menimcha vingerlik hislatlari va so'ngi paytlarda o'z jamoasi safidagi ajoyib o'yinlarini hisobga olganda Jasur Hasanov ham terma jamoadan chaqiruv olishga munosib edi.

2020 yilgi Superligadagi natijasi: 9ta o'yin, 722 daqiqa, 1ta gol, 2ta pas.



Doniyor Narzullaev - "Metallurg"

Bekobodliklarning ayni paytdagi eng yaxshi assistenti bo'lib turgan futbolchi Doniyor Narzullaev ham yaxshi mavsum o'tkazmoqda deyishimiz mumkin. "Metallurg"ning restartdan keyin qo'lga kiritgan natijalarida Doniyor katta hajmdagi ishni bajardi. Maydonni yaxshi ko'ra olishi, golli vaziyatlarni hosil qilishi jamoasining g'alabalarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. To'g'ri mazkur klubdan hujumchi SHahzod Ubaydullaev ham taklif etildi. Lekin, Narzullaevga ham imkoniyat berib ko'rsa yomon bo'lmasdi. 

2020 yilgi Superligadagi natijasi: 8ta o'yin, 640 daqiqa, 1ta gol, 4ta pas, 1ta sariq. 



Mirzohid G'ofurov - "Navbahor" 

Mazkur futbolchini ham terma jamoaga chaqirilishga munosib bo'lganlar ro'yhatiga qo'shamiz. Bir necha yillardan beri "Navbahor" safida bir tekis va barqaror o'yin ko'rsatib kelayotgan Mirzohid G'ofurovga ham hech bo'lmaganda bitta yig'inda imkoniyat berib ko'rish lozim. Tajribasi esa etarlicha. O'z poziciyasida Superliganing eng yaxshi futbolchilari qatoriga kiradi. SHuncha yillardan beri Mirzohidga ham termadan chaqiruv olish navbati keldi deb o'ylayman. 

2020 yilgi Superligadagi natijasi: 9ta o'yin, 782 daqiqa, 1ta gol, 1ta sariq.



Terma jamoaga kimni taklif qilish yoki qilmaslik albatta bosh murabbiyning ishi. SHunchaki keyingi yig'inlarda ham qolganlarga ishonch bildirish zararga ishlamasligi aniq. Hozirgi ro'yxat aldamchi bo'lishi ham mumkin. CHunki, rasmiy o'yinlar arafasida umuman boshqa futbolchilarni ko'rishimiz hech gap emas.

Abdulaziz Iskandarov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика