So’nggi yangiliklar

07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0

Vadim Abramov:"Fair-Play? Buni Evropadagilar o'ylab topishgan" Yangiliklar

Vadim Abramov:"Fair-Play? Buni Evropadagilar o'ylab topishgan"

"Lokomotiv" bosh murabbiy Vadim Abramov "Navbahor"ga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'yin yaxshi bo'ldi. Agar penaltini kiritganimizda bundan ham yaxshiroq bo'lardi. 2:0 yaxshi natija deb hisoblayman.

11 nafar himoyadagi futbolchiga nisbatan o'ynash oson emas.

Koyashevich penaltidan gol kiritishi kerak edi. Uni oshqozonida ham muammolar bor. shu ham halal berdi deb o'ylayman.

Feyr pley? Buni Evropadagilar o'ylab topishgan. Biz Osiyodamiz. mentalitetlar ham boshqa. CHarchaganda yotib olish feyr pley deyilmaydi. Agar futbolchi rostdan ham jarohat olsa feyr pley qilinadi. Agar gol noto'g'ri ekanligini himoyachilar tan olsa bu ham feyr pley.

Darvozabonlarning ikkisiga ham imkon beramiz. Kim kuchli bo'lsa o'sha o'ynaydi. Qobuljonov yoshlar jamoamizda o'ynaydi. Birinchi davradan so'ng kimdir ketishi mumkin. Uch nafar posbon ham yaxshi darvozabon.

Futbolda turli vaziyatlar bo'lib turadi. Hali barchasi oldinda. Bizni yana ikkita taym kutib turibdi. Ko'rsatmalarimni to'liq bajarishdi desak ham bo'ladi. Baribir, penaltini urganimizda yaxshi bo'lardi.

SHuningdek, ko'rsatmalardan tashqari futbolchilarning o'zlari ham qarorlarni qabul qilishlari lozim. 

Aliboev? Uni "Buxoro"ga qarshi o'yinga asrab qo'ydik. SHuningdek Hasanovga ham shu sababli bir bo'lim imkon berdim.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика