Vadim Abramov "Zenit"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi intervyuda adashib ketdi
12 fev 2021 17:26
Yangiliklar


Vadim Abramov "Zenit"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi intervyuda adashib ketdi
"Yirik hisobda mag'lubiyatga uchradik. Raqib "Zenit" bizga qaraganda ko'proq tayyorgarlik ko'rdi, ular bir necha kundan keyin evrokuboklarda o'ynashadi ("Zenit" evrokuboklarda o'ynamaydi - championat.asia tahrir.). Bizda esa mavsum boshlanishiga bir oyga yaqin vaqt bor. Bu o'z so'zini aytmay qolmadi. Iordaniya bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Mazkur yig'in orqali zaxira imkoniyatimizni ko'rib olyapmiz. 0:4 albatta katta hisob. Muxlislarni to'g'ri tushunaman. Ular ushbu natijadan ranjishgan. Tabiiyki, biz ham shunday holatdamiz. Xatolarni to'g'irlashimiz uchun bizda vaqt bo'ladi deb o'ylayman",- deydi Abramov O'FA matbuot xizmatiga.
Eslatib o'tamiz, "Zenit" Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichida so'nggi o'rinni egallagan va evrokuboklarni tark etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar