So’nggi yangiliklar

17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  1 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  0 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  1 15:38Роналду – энг яхши!  21 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  31

Vadim Abramov yirik hisobli g'alabadan keyin: Natijadan qoniqdim, ammo o'yindan emas Yangiliklar

Vadim Abramov yirik hisobli g'alabadan keyin: Natijadan qoniqdim, ammo o'yindan emas

Pro-liganing 3-turidan o'rin olgan “Navbahor-farm” – “Dinamo” (0:3) uchrashuvidan so'ng, bosh murabbiyi Vadim Abramov savollarga javob berdi.

O'yin haqida

- Bugungi uchrashuv hisobidan qoniqdim, xolos. Ammo o'yin borasida bunday deya olmayman. SHunday bo'lsada, yigitlarga yirik hisobdagi g'alaba uchun  o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Lekin o'yindan qoniqish hosil qilmadim. Gol urilganidan so'ng, shogirdlarim negadir o'yin suratini pasaytirib yuborishdi. O'z navbatida “Navbahor-farm”ning yosh va yaxshi jamoa ekanligini takidlamoqchiman.


- Mezbonlar jamoangizga munosib qarshilik ko'rsata olishdimi?

- Takidlaganimdek, maydon egalari yaxshi o'yin namoyish etib, munosib qarshilik ko'rsatishga intilishdi. Mazkur bahs bizga oson kechmadi.


- Joriy mavsumda “Dinamo”ning oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Albatta, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan.


- Bu borada “Dinamo”ga qaysi jamoalar raqobat ko'rsatadi, deb hisoblaysiz?

- Menimcha, 5 ta tur bahslaridan so'ng, jamoalar  ajralib qoladi. Umuman olganda, o'tgan mavsumda Superligada qatnashgan jamoalar yuqori liga yo'lllanmasi uchun kurash olib boradi.


- Pro ligadagi jamoalar soni kam emasmi? Bu futbolchilarning o'yin amaliyotiga tasir o'tkazmaydimi?

- Fikringizga qo'shilaman. Albatta, o'yinlar soni kam. SHuningdek, hozircha qachon 1-davra bahslari yakunlanib, 2-davra o'yinlari qachon boshlanishini ham bilmaymiz.

SHuningdek, 5-tur uchrashuvlaridan keyin orada katta muddatli, adashmasam, 20 kunlik tanaffus yuzaga keladi, - deydi murabbiy.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика