So’nggi yangiliklar

02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  3 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  3 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  5 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  172 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2

Vadim Abramov Tojikistonga qarshi o'yindan keyin: "Men sehrgar emasman" Yangiliklar

Vadim Abramov Tojikistonga qarshi o'yindan keyin: "Men sehrgar emasman"

O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.




"Yomon o'yin bo'lmadi. Bugun bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazib odik. Tojikiston bilan bahs bizga foydali bo'ldi. Ikkinchi golni penaltidan urgan bo'lsak ham haqli ravishda g'alabaga erishdik deb hisoblayman. O'yinni nazorat qildik", - deydi Abramov. 

- Bugun o'ynagan futbolchilardan kimlarni rasmiy o'yinda maydonga tushirishingiz mumkin?
- O'ylashimcha istalgan futbolchi milliy terma jamoada rasmiy o'yinda maydonga tusha oladi. Ularga imkoniyat berdik, o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsatishdi. Tojikiston FIFA reytingida 126-o'rinda borayotganiga qaramay baribir raqibga jiddiy qarash kerak. Germaniya va Gollandiya o'zaro o'ynasa ular qaysi o'rindaligiga qaramay o'yin keskin o'tadi. Evropada ham principial raqiblar bor. Tojikiston bilan o'yinlar doim qiyin o'tadi. SHu bois tarkibdagi yoshlarni ko'rib oldik, to'g'ri barcha futbolchilarni emas bazilarini terma jamoaga qo'shish mumkin. Atigi 4 kun davomida yig'in olib bordik. SHu bois bugun jamoaviy o'yin ko'rsata olmadik. Har bir futbolchi individual jihatdan mahoratli. Endi ular futbolchilar o'z klublariga ketishadi va terma jamoaga chaqirilganda o'zlarini ko'rsatishlari lozim. Qancha ko'p o'yin o'tkazsak shuncha yaxshi.



- Vadim Abramov jamoalari oldindan hujumkor o'yin namoyish etib kelgan. Ammo so'nggi paytlarda "Bunyodkor"da ham, terma jamoada ham himoyaga ko'proq ahamiyat bermoqda...
- Terma jamoada oxirgi o'yinimizni o'tkazganimizga deyarli bir yil bo'ldi. Oldin biz hujumkor o'ynardik. Agar bugungi o'yinga qarab aytayotgan bo'lsangiz har bir jamoa raqib imkon berganicha o'ynaydi. Bugun bizdan hujumkor o'yin kutish to'g'ri emasdi, 4 kun ichida bu futbolchilarni jamoaviy va hujumkor o'ynatish uchun Ibn Hattob bo'lishim kerak. Men sehrgar emasman-ku. Menimcha bugun ko'p hujumlar qildik, etibor qilgan bo'lsangiz kerak. Himoyalanmadikku. Vaqt kerak, ko'proq vaqtimiz bo'lsa muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etamiz. Yana bir jihat terma jamoa uchun natija juda muhim. SHu bois bu ham o'z tasirini ko'rsatgandir.

- Keyingi oylarda ham terma jamoa yig'in tashkil etadimi? FIFA kunlari bekor qilingani tufayli istaysizmi yoki yo'qmi mahalliy futbolilar bilan o'tkazasiz. Rasmiy o'yinlarda esa legionerlarga tayanamiz. Bu pand berib qo'ymaydimi?
- Oktyabr oyida yig'in o'tkazamiz. Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvini ularning iltimosiga ko'ra oktyabr oyiga ko'chirdik. Bundan tashqari BAA bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida kelishuvga erishdik. Ammo barchasi o'sha paytda aviaqatnovlarga bog'liq bo'ladi. Adashmasam BAAga qatnovlar yo'lga qo'yildi. Hozirgi yig'inga "Paxtakor" futbolchilariga tegmadik, boshqa futbolchilarga murojaat qildik. Pandemiya tufayli keyinchalik nima bo'lishini bilib bo'lmaydi. Lekin barcha legionerlarimiz bilan aloqadamiz va ularning o'yinlarini internet orqali tomosha qilib borayapmiz.

- Agar OFK JCH-2022 saralashining ushbu bosqichini markazlashtirilgan holda o'tkazishga qaror qilsa, bunga qaraysiz?
- Menimcha mening fikrimni hech kim so'ramasa kerak. Agar shunday bo'lsa va yanvar yoki fevral oyida bo'lishi mumkin. Boshimni og'ritayotgan narsa taqvim shunday tuzilgani, PFL bilan bu borada bahslashayapmiz. Yaxshi tayyorgarlik ko'rish, Eron va BAA bilan o'yindan keyin noyabr oyida ham ikkita o'yin o'tkazmoqchimiz. Yanvar yoki fevral oyiga tayyorgarlik ko'ramiz.


Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика