So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  7 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  14 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  35 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Vadim Abramov: "Terma jamoa o'ynar ekan natija har doim birinchi o'rinda bo'lib qoladi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Terma jamoa o'ynar ekan natija har doim birinchi o'rinda bo'lib qoladi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha BAAda maydonda o'zining dastlabki mashg'ulotini o'tkazdi.

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov O'FA matbuot xizmatiga o'zining fikrlarini bildirib o'tdi.

"Hech narsani yashirishning hojati yo'q, kecha bu erga etib keldik. Qoidaga ko'ra koronavirusga test topshirdik va javobini kutdik. Ilk kungi mashg'ulotlarni trenajyor zalida olib bordik.

Bugun umumiy tarkib bilan mashg'ulotlarga kirishgan bo'lsak, 11 noyabr kuni kechki payt o'yindan oldingi mashg'ulotni o'tkazamiz. Boz ustiga nazariy mashg'ulotlar ham o'tkazishimiz darkor. Maqsadimiz ichki chempionatda to'p tepayotgan futbolchilarning holatini yana bir bor ko'zdan kechirish. Turli sabablarga ko'ra ayrim legionerlar kela olishmadi. Pandemiya yana qancha davom etadi buni bilmaymiz. SHu bois ichki chempionatda o'ynayotgan va avval terma jamoaga kam chaqiruv olgan futbolchilarni jalb qildik. Bu ular uchun ham xalqaro tajriba vazifasini o'taydi.

Umuman olganda bo'lajak uchrashuvlarga tayyorgarlik rejadagidek davom etyapti. Raqiblarni o'rganyapmiz, ular ham bizn o'rganayotgani aniq. Biz o'z o'yinimizni tashkil qila olishimiz kerak. Futbolchilar biz talab qilayotgan o'yinni va uslubni qay darajada tushunib olishlari muhim.

Terma jamoa o'ynar ekan natija har doim birinchi o'rinda bo'lib qoladi. Yangi futbolchilarni sinab ko'ramiz, shu bilan birga ijobiy natijani ham qayd etamiz degan umiddaman",- deydi Vadim Abramov O'FA matbuot xizmatiga.


Eslatib o'tamiz, Suriya - O'zbekiston uchrashuvi 12 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. Bahs "SHarja" stadionida bo'lib o'tadi.


Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика