So’nggi yangiliklar

16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  0 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  1 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  3 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10

Vadim Abramov Suriyadagi ustunlik, To'xtaxo'jaev va translyaciya haqida gapirdi Yangiliklar

Vadim Abramov Suriyadagi ustunlik, To'xtaxo'jaev va translyaciya haqida gapirdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi SHarjada Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ushbu bahsdan oldin terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramovga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Dubaydagi yig'inga Islom To'xtaxo'jaev chaqirildi. Bunday kutilmagan chaqiruvga nima sabab bo'ldi? Kimdir jarohat oldimi?

- To'xtaxo'jaev kutilmaganda chaqirilmadi. Buni oldindan rejalashtirigan edik. SHunchaki hozirgi sharoitda Xitoydan Dubayga uchib kela oladimi yoki yo'qmi bilmasdik. Barchasi 7 noyabr kuni hal bo'lishini aytgandi. Hech kim jarohat olgani yo'q. Islom hujjatlarni to'g'riladi va Dubayga uchib keldi. Uning hozirgi holatini bilishni xohladik. O'z klubi safida so'nggi o'yinda gol urganini bilamiz. Xitoy birinchi ligasida o'ynashiga qaramay To'xtaxo'jaev biz uchun etakchi futbolchi bo'lib qolaveradi.

- Suriya haqida qanday fikrdasiz? Ularga qarshi bir necha marta o'ynaganmiz...

- Suriya haqida nima deyishim mumkin? Ushbu davlatdagi vaziyat tufayli terma jamoa doim birga mashg'ulot o'tkazishmoqda va bu borada ustunlikka ega. O'ylashimcha munosib raqib. FIFA reytingida Suriya bizdan tepada, xuddi Iroq kabi. SHu bois qiziqarli o'yin bo'ladi. Suriyaga qarshi bahsda qanday holatda ekanligimizni ko'rib olamiz.

- Afsuski o'yin translyaciya qilinmaydi...

- Bilishimcha o'yin translyaciya qilinishi uchun ham bahsni bir soat kechga surishdi. Har holda menga aytishlaricha uchrashuv baribir translyaciya qilinadi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика