So’nggi yangiliklar

13:42Япония ОФКни тарк этмоқчи  2 13:19Каннаваро ташриф буюрган оқшомда "Хоразм"нинг 8 ўйинлик ғалабасиз серияси тугаган учрашувдан галерея  0 13:04Рустам Абдуҳамидов: "Ғалаба Каннаварога боғлиқ бўлса, 23 октябрь куни ҳам уни ўйинга таклиф қиламан"  0 12:40"Андижон" собиқ футболчиси: "Жамоада ўзига бўлган ишонч ортиб боряпти"  0 12:09Тер Штеген АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 11:59Фабио Каннаваро Ғузор “Марказий” стадионида бўлди  3 11:16"Бунёдкор" 9 йилдан буён Наманганда ғалаба қозона олмаяпти  1 10:52Бенитес мураббийликка қайтишга яқин  0 10:28Янги қарор сабабли мухлислар ЖЧ вақтида АҚШ ҳудудига кира олмасликлари мумкин  4 10:00Ҳусанов биринчи ўринда  9 09:33Sofascore. Жамоаси мағлуб бўлган Ғаниев неча баҳо олди?  1 08:56Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 08:28"Ньюкасл" афсонаси нима учун фаолиятини БААнинг 3-лигасида давом эттиришга қарор қилганини тушунтирди  2 08:00Бруну Фернандеш: "Клубга барқарорлик керак"  5 07:34Суперлига. Бугун 2 та баҳс бор  10

Vadim Abramov: "SHuncha mehnat qilib yutqazib qo'yish alamli, hammasiga o'zimiz aybdormiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "SHuncha mehnat qilib yutqazib qo'yish alamli, hammasiga o'zimiz aybdormiz"

Teglar :  Vadim AbramovDinamo
Superliganing 18-turidan o'rin olgan “Dinamo” - “Bunyodkor” (2:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Nima ham derdim, afsuski uchta standart vaziyatdan shunaqa gollarni o'tkazib yubordik. Bu – futbol. Biz o'zimizning nozik nuqtalarimizni bilardik va xavotirlar ham bor edi. Jamoa yomon o'ynadi, deya olmayman. Afsuski, mag'lub bo'ldik. Superligada ishtirok etayotgan jamoa bunaqa gollarni o'tkazib yubormasligi kerak. Bugun omad raqib jamoa tomonida bo'ldi, ularni tabriklayman.

- Kojo bugun ko'p harakat qildi, ammo o'yini chiqmadi...

- Bu odatiy holat, o'zi futbolchi milliy jamoadan qaytgach shunday holat bo'lib turadi. CHunki o'yinlar, uzoq masofaga uchishlar istalgan o'yinchiga tasir qiladi.

- Alamli mag'lubiyatdan keyin kiyinish xonasida futbolchilarga nima dedingiz?

- Avvalo, maydondagi o'z mehnatingizni qadrlang, dedim. SHuncha mehnat qilib, yutqazib qo'yish alamli, hammasiga o'zimiz aybdormiz. Ha, darvozabon xato qilgandir, ammo unga yordam berish mumkin edi, vaziyatdan oldingi xatolarimiz shunday gollarga sabab bo'ldi. Aslini olganda uchinchi gol kiritilishidan oldin jarima zarbasini belgilash uchun menga asos ko'rinmadi. Ungacha ham hakam o'yinni to'xtatishi kerak edi. 

- "Dinamo"ning "Paxtakor" va "Navbahor" bilan o'yinlari boshqa sanaga ko'chirilganini qanday izohlaysiz?

- Ushbu ikki jamoa o'yinni boshqa sanaga ko'chirish masalasida bizga murojaat qilishdi, biz ularga yo'q demay, rozi bo'ldik. Endi bor etiborimizni keyingi o'yinlarga qaratamiz.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика