Vadim Abramov: "Samarqandda yaxshi saviyadagi jamoa va murabbiy ishlamoqda"
16 apr 2015 20:12
Yangiliklar

Vadim Abramov: "Samarqandda yaxshi saviyadagi jamoa va murabbiy ishlamoqda"
Dinamo - Lokomotiv (0:1) o'yinidan keyin dastlab Lokomotiv bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etib, savollarga javob berdi.
-O'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
- Ancha shiddatli o'yin bo'ldi. Har ikki tomon ham g'alaba qozonish imkoniyatiga ega bo'ldi. Dinamo ham imkoniyatlaridan foydalanganda g'alabani ilib ketishi hech gap emasdi. Umuman olganda esa chiroyli, tomoshabop o'yin bo'ldi. Men avvalo Samarqandda mana shunday ajoyib o'yingohda ajoyib holatdagi maydonni shay qilib qo'yishgani uchun rahmat deyman. Bunday maydonlar ko'payishini istardim. Futbolchilar mazza qilib o'ynashdi. Maydon yaxshi bo'lsa, futbolchilar ham chiroyli o'yin ko'rsatib muxlislarni xursand etishadi. Eng asosiysi esa bugun qiyin o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritdik.
- Mutaxassis sifatida Dinamo jamoasining o'yini haqida qanday fikrlar bildira olasiz?
- Samarqandda yaxshi saviyadagi jamoa va murabbiy ishlamoqda. Jamoa o'yini ham etirofga arzigulik. Ammo mavsumning boshlanishi bois jamoa natija ko'rsata olmayotgan bo'lishi mumkin. Omadga ham ko'p narsa bog'liq.

Fikrlar