Vadim Abramov "Rostov"dan qabul qilib olingan yirik mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
19 jan 2024 12:52
Yangiliklar
Vadim Abramov "Rostov"dan qabul qilib olingan yirik mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
"Dinamo" - "Rostov" (1:4) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov xorij yig'inidagi dastlabki o'yini, uchrashuvdan xulosalari va "Zenit"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi.
"Umuman olganda, hisob bunday ko'rinish olganiga o'zimiz aybdormiz. Taktika borasida ham to'g'ri tanlov bo'ldi, deb ayta olmayman. Gap bunda ham emas, gollarni juda oson o'tkazib yubordik. Xatolar ustida ishlaymiz. Kecha kech etib kelganimiz, ertalabgi mashqlardan keyingi charchoq ham bugun yigitlarda bilindi.
Bugungi bahs bo'yicha xulosalar qilamiz. Hozir muhimi natija emas, barchaga imkoniyat beramiz. Ammo shunda ham yutqazishni emas, g'alaba qozonishni istaymiz.
Bugun kim qanday holatda ekanini ko'rib oldik. "Zenit"dek kuchli raqibga qarshi o'yinda ham o'z kuchimizni sinab olamiz", - deydi "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Karlenovich.
Fikrlar