So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Vadim Abramov: "Qo'qon-1912"ni o'rniga "Lokomotiv" tushganda yaxshiroq bo'lardi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Qo'qon-1912"ni o'rniga "Lokomotiv" tushganda yaxshiroq bo'lardi"

Xabaringiz bor bir necha soatlar oldin O'zbekiston kubogi guruh bosqichi o'yinlariga qura tashlandi.

Qura natijalariga ko'ra Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi  "Paxtakor", "Qo'qon-1912", "Oq-tepa" jamoalari bilan "D" guruhidan o'rin oldi. Biz bu borada "Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik. Qura uning jamoasi uchun qay darajada qiyin yoki oson keldi?

"O'zbekiston kubogi guruh bosqichidagi raqiblarimizni bilib oldik. Umuman olganda qiziqarli guruhdan joy oldik deb o'ylayman. Faqat, "Qo'qon-1912" bilan safarda o'ynashimiz biroz noqulayroq bo'ldi. Yo'lga ortiqcha vaqt sarflamaslikni istagandik. Ularni o'rniga "Lokomotiv" tushganida bundan ham zo'r bo'lardi. Barcha o'yinlar Toshkentda o'tardi. "Paxtakor" va "Oq-tepa" bilan o'yinlar qiziqarli kechishi shubhasiz. 

"Paxtakor" bilan to'qnashuv? Bilmadim, lekin menga "Paxtakor" bilan o'ynash yoqadi. Jamoamizdagi yosh futbolchilar uchun katta tajriba vazifasini bajaradi. Aynan kuchli raqiblar bilan o'yinlar orqali o'sishga erishishimiz mumkin. O'sha paytga kelib biz qay darajada o'zgarganimizni ko'rib olamiz. Umumiy qilib aytganda yaxshi raqiblar tushdi",- deydi Vadim Abramov.



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика