So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Vadim Abramov: "Qizilqum"ga qarshi ikki marta o'ynaymiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Qizilqum"ga qarshi ikki marta o'ynaymiz"

"Bunyodkor" hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga O'zbekiston kubogi va qura haqidagi fikrlarini bildirdi.

"O'zbekiston Kubogi bahslari bir o'yindan iborat. Bu yaxshimi yoki yomon? Hozir buning ahamiyati yo'q. Pandemiya sababli ancha vaqt yo'qotdik. Natijada O'zbekiston Kubogini o'tkazish yilning oxiriga qoldi. Tabiiyki, qisqa vaqt ichida musobaqani o'tkazish kerak. Asosiysi shu va bu normal holat. Lekin biz uchun Kubok o'yinlari ikki o'yinga to'g'ri kelyapti (kulib). Bilasiz, 3 dekabr kuni Superliganing so'nggi turini safarda «Qizilqum»ga qarshi o'tkazamiz, oradan uch kun o'tib endi Kubok bahslarida «Qizilqum» mehmoni bo'lamiz. Bu xuddi Kubokda ikkita o'yin o'tkazishdek gap. Albatta Kubok uchrashuvini o'z maydonimizda o'tkazaganimiz maqul edi. Zero, bir jamoaga qarshi safarda ikki marta o'ynash, ikki bor mehmonga borishning noqulay tomonlari ham bor. SHuning uchun safardagi uchrashuv bilan uyda o'ynashning farqi bo'ladi. PFL O'zbekiston Kubogi qurasining formati bo'yicha o'z taklifini o'rtaga tashlaganida ayni bugun qo'llanilgan formatni tanlagandim. Yani, har bosqich uchun qura tashlash",- deydi Vadim Abramov.

Malumot o'rnida aytib o'tish joiz, "Bunyodkor" jamoas O'zbekiston kubogidagi ishtirokini "Qizilqum"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика