So’nggi yangiliklar

17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  1 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  1 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  1 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  3 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  38

Vadim Abramov: "Qanot hakami xato qildi deb o'ylayman" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Qanot hakami xato qildi deb o'ylayman"

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida "qaldirg'ochlar" ustozi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Toshkent jamoalari qanday o'rinda, qay holatda bo'lishidan qati nazar, derbida har doim shunday kurash bo'ladi. Yigitlar o'zlarini yo'qotib qo'yishmaganiga rahmat aytaman. To'g'ri, o'zimizning eng yaxshi o'yinlarimizdan birini namoyish qila olmadik. Bugun ikki jamoa ham yutishi mumkin edi. "Lokomotiv" ikkinchi bo'limda gol urishga intildi, biz esa himoyada o'ynab, qarshi hujumda ularni ushlamoqchi edik. Afsuski yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda yigitlarga sovuqqonlik etishmadi. Balki yigitlarda biroz tajriba bo'lganida vaziyatni o'z foydalariga hal qila olardilar. Boshqa hech nima deya olmayman. Men ham sizlar ko'rgan o'yinni ko'rdim.

- "Bunyodkor" so'nggi uy o'yinning ikkinchi bo'limida asosan himoyada o'ynamoqda, raqiblar esa bosim qilmoqda. Bu nima bilan bog'liq?
- Ha, shunday bo'lmoqda. Dunyodagi deyarli barcha jamoalar raqibga qarab o'ynashadi. Oldinda kichik tanaffus bor va biz unda boshqa taktik sxemalarni, o'yinda tushmayotgan yigitlarni ham sinovdan o'tkazib ko'ramiz. Birinchi bo'limda biz o'zimizni yo'qotib qo'ymadik. Ikkinchi bo'limda raqiblarning bosimiga dosh bera oldik.

- Nuriev bir necha vaziyatlardan foydalana olmadi. SHuningdek, to'pni to'xtata olmayapti, zarba berishda qiynalmoqda. U o'zi hujumchimi?
- U hujumchi. U endigina ikkinchi marta o'ynamoqda. Odam sifatida tushunish kerakki, futbolchi hali bunday darajadagi o'yinlarda o'ynamagan. Uning yaxshi sifatlari etarlicha, shu boisdan ayta olaman, uning ham davri keladi. Bizda hujumchilar borasida maummolar bor. Zaxiradan tushib o'yinga kirishib ketish juda qiyin. Ammo u yaxshi harakat qildi.

- Gol haqida nimalar deya olasiz?
- Menimcha qanot hakami xato qildi. Biroq ular ham odam. Umuman olganda bugun hakamlar yaxshi ishlashdi. Bizda VAR tizimi yo'q. VAR bo'lganida hakamlar o'yinni to'xtatib, vaziyatni ko'rib olishardi. Biz hali Evropa darajasiga etmadik. Televizorda ko'rish va uni muhokama qilish esa osonroq. Agarda biz ular darajasiga etmoqchi bo'lsak, ular kabi bo'lishga harakat qilishimiz kerak.

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика