Vadim Abramov: "O'zimni UEFA tasarrufidagi chempionatda sinab ko'rish qiziqarli tuyuldi"
06 dek 2013 16:37
Yangiliklar
Vadim Abramov: "O'zimni UEFA tasarrufidagi chempionatda sinab ko'rish qiziqarli tuyuldi"
O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq ustozi Vadim Abramovning Astana klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Juma kuni u Qozog'iston jamoasi bilan rasman shartnoma imzoladi.
Bu klub joriy mavsumda mamlakat vice-chempioni bo'lgandi. Abramov murabbiylikdagi faoliyatini Farg'onaning Neftchi jamoasida yordamchi murabbiy sifatida boshlagan. SHundan so'ng Toshkentning NBU-Osiyo, Traktor, Lokomotiv klublarida bosh murabbiy lavozimida ishlagan. SHuningdek, O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarini ham boshqargan. Etiborlisi, Abramov bosh murabbiyligidagi Astana klubi Evropa Ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi. Klub bu yil ham ushbu bosqichda qatnashib, Bolgariyaning Botev klubiga imkoniyatni boy bergandi. Astana safida o'tgan mavsum legionerlardan serbiyalik Nenad Erich, ganalik Patrik Tvumasi, Foksi Ketevoama, moldovalik Igor Tigirlash, makedoniyalik Filipp Ivanovski, chernogoriyalik Damir Kojashevich hamda Blajko Igumanovichlar o'ynashdi. Tabiiyki, murabbiy almashgach, tarkibda ham sezilarli o'zgarishlar ro'y beradi. Biz aynan shu o'zgarishlar haqida malumotga ega bo'lish maqsadida Vadim Abramovdan eksklyuziv intervyu oldik.
- Vadim Karlenovich, bundan bir oylar avval matbuotda Qozog'iston klublaridan biri va xatto terma jamoasini boshqarishingiz haqida xabarlar paydo bo'lgandi. O'sha paytda bundan o'zingizning ham xabaringiz bormidi? Umuman, Qozog'istonda ishlash varianti qachon paydo bo'lgandi?
- Ochig'ini aytsam, men matbuotdagi turli gap-so'zlarni muhokama qilmayman. Astanada ish boshlashim shu haftada hal bo'ldi. Hafta boshida menga klubdan qo'ng'iroq qilishgandi. Mana kecha (suhbat 30 noyabr kuni uyushtirilgan, - mual) Astana rahbarlari bilan uchrashib, gaplashib olganimizdan so'ng shartnomaga imzo chekdim. Ungacha hali hech narsa hal bo'lmagandi.
- Astana klubini tanlashingizda aynan qaysi omil muhim rol o'ynadi?
- Jamoaning Evrokuboklarda ishtirok etishi meni ko'proq qiziqtirdi. Klub rahbariyati katta maqsadlarni qo'ymoqda va shunga etarlicha sharoit yaratib berish maqsadida keng ko'lamli ishlarni olib boryapti. O'zimni UEFA tasarrufidagi chempionatda sinab ko'rish qiziqarli tuyuldi.
- Deyarli bir yil davomida ishsiz yurdingiz. Bu uzluksiz ravishda ishlab kelayotgan murabbiy uchun katta muddat hisoblanadi.
- Xuddi bir asr ishlamayotgandek taassurot qoldirdi. Boshqa tomondan, yaxshigina hordiq chiqarib oldim. O'z sog'lig'im va asablarimni tiklashga harakat qildim. SHifokor buyurgan muolajalarni oldim. Ko'pchilik bu haqda bilmaydi. Murabbiylik faoliyatimda yuzaga kelgan tanaffus mening foydamga xizmat qildi, deyish mumkin. CHunki birinchi galda sog'liq turadi. Mana endi bir yilga yaqin vaqt mobaynida to'plagan kuchimni yangi marralarni zabt etish sarflayman.
- Klub bilan tanishishga ulgurdingizmi? Dastlabki taassurotlar qanday?
- Jamoa o'tgan mavsum Qozog'iston chempionatida kumush medallarni qo'lga kiritgani va Evropa Ligasi saralash bosqichida qatnashganidan xabarim bor, xolos. Astanaga borganimda, klub rahbarlari bilan gaplashib oldik. Rejaga ko'ra, 9 dekabr kuni klub qarorgohida to'planamiz. Ertasidan ilk o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlanadi. SHu yig'in davomida futbolchilar bilan yaqindan tanishish imkoniyati bo'ladi.
- Endi Astana rahbarlari bilan bevosita ishlaysiz. O'zaro suhbat chog'ida nimalarni vada berishdi?
- Astana o'z oldiga oliy maqsadlarni qo'ygan klub. Tabiiyki, uning rahbarlari ham jiddiy niyatli insonlar. Hech qanday muammo ko'rmayapman. Maqsad aniq bo'lgan jamoada ishlash yoqimli bo'ladi. SHu bilan birga katta masuliyat hamdir. CHunki xorij klubida ilk marotaba ishlashga to'g'ri kelmoqda.
- Qozog'iston vice-chempionlari bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?
- Murabbiylar bilan shartnoma aniq bir muddatga imzolanmaydi. Murabbiy klub ko'rsatayotgan natijaga qarab ham bir necha yil ishlashi mumkin yoki aksincha 5-6ta turdan so'ng istefoga chiqarilishi ham hech gap emas. Endi yaxshi niyatlar bilan ish boshlayapmiz. Muhimi, Astana rahbarlari bilan qarashlarimiz bir-biriga mos kelyapti. Hech bir inson o'ziga yomonlikni istamaydi. SHunday ekan, jamoa muxlislarini xushnud etadigan o'yin namoyish etishga harakat qilamiz.
- Har qanday holatda ham aniq shartnoma muddati bor va siz unga imzo chekkansiz. To'g'rimi?
- To'g'ri. Lekin bu men uchun unchalik ham muhim emas. Men Qozog'istonga astoydil ishlash uchun boryapman.
- Yakunlangan mavsumda Astana tarkibida Makedoniya, Serbiya, Gana, Moldova kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan legionerlar o'ynashdi. Ular siz qurayotgan jamoa rejalariga mos keladimi?
- Hozir bu borada aniq bir narsa deya olmayman. CHunki ularning o'yinini o'z ko'zim bilan ko'rishim kerak. Diskka yozilgan o'yinlar orqali to'liq tasavvurga ega bo'lish qiyin. 9 dekabrdan boshlanadigan yig'inda birinchi galda legionerlarga etibor qarataman. Bilishimcha, Qozog'iston chempionati reglametiga ko'ra, etti nafar xorijlik futbolchini ro'yxatdan o'tkazish mumkin. SHulardan besh nafari asosiy tarkibda maydonga tushishiga ruxsat berilar ekan. Belgilangan limitdan foydalanishga harakat qilamiz. Lekin buni majburan amalga oshirmaymiz. O'tgan yilgi legionerlarga kelsak, ulardan talabimizga javob beradigani, yani o'yin uslubi, insoniy jihatlarining maqulini jamoada olib qolamiz. Futbolchilarning hayoti ham murabbiylarnikiga o'xshagan bo'ladi. Futbol qonuniyati shunday. Bundan na murabbiy va na futbolchi hafa bo'lmasligi kerak.
- Astana bosh murabbiyi etib tayinlashingiz bilan bu jamoada o'zbekistonlik futbolchilarning paydo bo'lishi mumkinligi haqidagi xabarlar urchidi...
- SHunday gaplar qulog'imga chalingandek bo'ldi. O'zing bilmagan legioner bilan taqqoslaganda o'zimiznikilarni taklif qilish g'oyasi yaxshi. Ammo buning uchun bizning futbolchilar boshqa legionerlardan ustun bo'lishi kerak. Suniy ravishda, o'z vakolatimdan foydalangan holda bunday ishga qo'l urmayman. Agar chindan ham futbolchilarimiz mavjud legionerlardan har tomonlama ustun bo'lsa, klub rahbarlari va muxlislariga biror narsani isbotlashim shart bo'lmaydi.
- Murabbiylar shtabida kimlarni ko'rishni istardingiz?
- Ko'pi bilan ikki nafar yordamchi murabbiyni taklif etmoqchiman. Agar bu savolga javob berishim shart bo'lsa, mayli aytaman. O'zim bilan birga Traktor va Lokomotiv klublarida ishlagan Marat Miftaxutdinov yangi ish joyimda ham yordam beradi. U so'nggi mavsumni Mashalda o'tkazdi. Uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. Ikkinchi yordamchi murabbiy masalasiga yaqin kunlarda oydinlik kiritiladi.
- Qozog'iston klublari jismoniy tayyorgarlikka katta urg'u qaratishadi. O'yinlar ham ko'proq kurashlar ostida kechadi. SHuni inobatga olgan holda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha taklif etiladigan murabbiyga alohida etibor berasizmi?
- Hech narsa etibordan chetda qolmaydi. Lekin men hozir bu haqda ko'p gapirishni istamayman. Hali ish boshlanmadi. Hech bo'lmasa, bir oy yangi ish joyimda ishlab ko'ray. Yangi muhitga moslashib olay, keyin bafurja gaplashaveramiz.
- Qachon Astana shahriga jo'nab ketasiz?
- 7 dekabr kuni Qozog'iston poytaxtiga uchib ketamiz. Yuqorida aytganimdek, 9 dekabrdan bir haftalik yig'in boshlanadi. Rejaga ko'ra, 15 dekabr kuni Turkiyaga ikki haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun yo'l olamiz. Mart oyigacha o'tkazadigan yig'inlarimizning barchasi Turkiya va BAAda tashkillashtiriladi. Yig'inlar doirasida Evropaning bir nechta klublari bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkaziladi va albatta, tarkibga yangi futbolchilar ko'rikdan o'tish uchun chaqiriladi.
- Terma jamoa mavzusida savol bermoqchi edim...
- Kechirasiz. Bu mavzuda gaplashadigan va savollarga javob beradigan maxsus insonlar bor. Terma jamoa haqida qancha savolingiz bo'lsa, bosh murabbiy javob beradi. Men Astana bosh murabbiyiman va klubga doir savollarga imkon qadar javob beryapman. Lekin javoblarimdan o'zim ham qoniqmayapman. CHunki hali klubda ish boshlanmadi. Bir-ikki oydan so'ng suhbatlashsak, javoblar ham umuman boshqacha bo'ladi.
Kamoliddin Alimov suhbatlashdi.

Fikrlar