Vadim Abramov: “O'ylaymanki, ko'rsatgan o'yinimiz muxlislarga yoqdi”
01 iyu 2014 23:20
Yangiliklar
Vadim Abramov: “O'ylaymanki, ko'rsatgan o'yinimiz muxlislarga yoqdi”
“Lokomotiv” - “Olmaliq” o'rtasidagi bellashuvdan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “termiryo'lchilar” bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.
- Jiddiy raqibga qarshi bahs olib bordik va bu o'yinda g'alaba qozonishni uddaladik. Biz “Olmaliq”ni yaxshilab o'rganib chiqqandik. Agar mag'lubiyatga uchraganimizda to'rtinchi o'ringa tushib ketishimiz mumkin edi. O'ylaymanki, ko'rsatgan o'yinimiz odamlarga yoqdi.
- Jamoa o'z o'yinini topib oldimi?
- Turdan turga o'yinimiz yaxshilanib boryapti. Lekin yanada chiroyli futbol namoyish etishimiz uchun bizga mahoratli futbolchilar kerak bo'ladi. Qolaversa, oliy ligamizda o'yinlar soni ancha kam. To'qqiz oyda atigi 26ta o'yin o'tkazamiz, bu esa kam deganidir. Futbolchi shakllanib borishi uchun har doim ko'p o'yinlarda maydonga tushishi lozim.
- Internetda Artyom Filiposyanning “Lokomotiv”ga o'tishi haqida gap-so'zlar paydo bo'ldi.
- Ha, buni inkor etmayman. Agar biror kor-hol yuz bermasa Filiposyanning bizga kelishi yuz foizga aniq.
X.Xoliqov yozib oldi.

Fikrlar