So’nggi yangiliklar

15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Vadim Abramov: "O'yin oson kechmadi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "O'yin oson kechmadi"

"Lokomotiv" - "Andijon" o'rtasidagi bahs yakuniga etganidan so'ng tashkil qilingan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Loko" bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.
O'yin haqida
- G'alaba qozongan bo'lsak-da, o'yin oddiy kechmadi. Raqib bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi hamda tartibli futbol namoyish etdi. O'ylaymanki, Edgar Gess Andijonda yaxshi jamoani shakllantiradi. Ikkinchi davrada bu jamoaga qarshi to'p tepish biz uchun oson kechmaydi. O'yindan to'liq qoniqdim deya olmayman. CHunki Osiyo chempionlar ligasida guruhdan chiqa olmadik va bundan hammamiz tushkun kayfiyatdamiz.

Katta Jasur Hasanov haqida
- U shamollab qoldi. SHu bois safarda "Fulad"ga qarshi bahsda ham, bugungi o'yinda ham maydonga tushmadi.

Koryanning almashtirilishi haqida
- Biz o'yinni ikkita hujumchi bilan boshladik, keyin vaziyatni o'zgartirishga to'g'ri keldi va Ruslan Koryanni almashtirdim. Maqsadimiz maydon markazini kuchaytirish edi va Koryan o'rniga Ikrom Aliboevni tushirdik.

Navbatdagi raqib haqida
- Keyingi turni safarda "Olmaliq"qa qarshi o'tkazamiz. Juda qiziq o'yin bo'ladi deb o'ylayman. "Olmaliq" ham hozir etakchilar safida boryapti va yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. Biz bu raqibga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

OCHL yakunlari haqida
- Bu borada shaxsiy fikrim shuki, yanvarda Osiyo Kubogi o'tkazilgani OCHLda ishtirok etgan klublarga tasir qildi. SHu bois bizdan hech qaysi jamoa guruhdan chiqa olmadi. Albatta, bu mening shaxsiy fikrim. Qolaversa, bizning guruhda "Al Hilol", "Al Sadd" kabi kuchli jamoalar bor edi va ular bilan raqobatlashish qiyin kechdi. Kelasi yil OCHLda ijobiy natija qayd etamiz deb umid qilaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика