So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Vadim Abramov OCHL qurasi haqida: "Meni o'ylantirayotgan bitta muammo bor" Yangiliklar

Vadim Abramov OCHL qurasi haqida: "Meni o'ylantirayotgan bitta muammo bor"

Xabaringiz bor, bugun Osiyo CHempionlar Ligasining 2020 yilgi mavsumi uchun qura tashlandi. Quradan so'ng Bunyodkor futbol klubi bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Hammasi eski-tanish raqiblar. Asosiysi, bosqichma-bosqich barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonish va guruh bosqichiga yo'l olish kerak. Lekin oldinga o'tib gapirishni istamasdim. CHunki avvalo 21 yanvar kuni o'z uyimizda «Al Zavra»ni mag'lub etishimiz lozim. Keyin navbatdagi raqiblar haqida gapirsa bo'ladi. Aytishim mumkin, maqsadimiz guruh bosqichiga yo'l olish.

Takidlaganimdek, birinchi o'yinni 21 yanvar kuni o'tkazamiz. O'sha kuni O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod besh nafar o'yinchimiz biz bilan birga bo'lmaydi. Ular o'sha vaqtda terma jamoa tarkibida Osiyo CHempionatiga yo'l oladi. Katta ehtimol bilan bu yigitlar 28 yanvar kuni ham hali terma jamoa ixtiyorida bo'ladi. SHu bois hozirdanoq besh nafar o'yinchimizning o'rnini kimlar bilan to'ldirishni o'ylab turibman. Meni o'ylantirayotgan boshqa muammo yo'q.


Reyting: -39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика