So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Vadim Abramov: "OCHL finalchisiga qarshi o'ynash qiziqarli bo'ladi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "OCHL finalchisiga qarshi o'ynash qiziqarli bo'ladi"

Bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bahslariga qura tashlandi.
O'zbekiston Kubogi sohibi "Lokomotiv" o'z guruhida Eronning "Fulad", Saudiya Arabistonining "Al Hilol" hamda pley-offdan chiqqan jamoaga qarshi bahs olib boradi. Qura borasida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Qura natijalaridan xabar topdim. Kuchli guruhga tushdik deb o'ylayman. Dastlabki bellashuvni safarda "Al Hilol"ga qarshi o'tkazamiz. Albatta, Osiyo chempionlar ligasi finalchisi bilan o'yinlar o'ziga yarasha qiziqarli kechishiga shubha yo'q. "Fulad" ham o'ziga yarasha kuchli klub hisoblanadi. Tarkibda Eron terma jamoasining bir nechta azolari bor. Yana bir raqibimiz menimcha, Qatarning "Al Jaish" klubi bo'ladi.

- "Lokomotiv"ning yangi mavsumga tayyorgarligi qachondan boshlanadi?
- 20 dekabr kuni Toshkentda yig'ilamiz va 6 yanvargacha shu erda bo'lamiz. Keyin esa ikki haftalik yig'in o'tkazish uchun BAAga yo'l olamiz va u erda to'rtta nazorat bahsi o'tkazamiz.

- "Olmaliq"dan Sanjar SHoahmedovning jamoangizga o'tayotganini eshitdik.
- Ha, shunday gaplar yo'q emas. Hozircha bu futbolchi bilan og'zaki kelishuv ketyapti, lekin shartnoma tuzganimiz yo'q.

- Viktor Karpenkoning klubdan ketayotgani rostmi?
- Buni Karpenkoning o'zidan so'rash kerak. U jamoada qoladimi-yo'qmi, bir narsa deya olmayman. 20 dekabrda yig'ilaylik, shundan so'ng malum bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика