O'zbekiston Kubogi sohibi "Lokomotiv" o'z guruhida Eronning "Fulad", Saudiya Arabistonining "Al Hilol" hamda pley-offdan chiqqan jamoaga qarshi bahs olib boradi. Qur'a borasida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Qur'a natijalaridan xabar topdim. Kuchli guruhga tushdik deb o'ylayman. Dastlabki bellashuvni safarda "Al Hilol"ga qarshi o'tkazamiz. Albatta, Osiyo chempionlar ligasi finalchisi bilan o'yinlar o'ziga yarasha qiziqarli kechishiga shubha yo'q. "Fulad" ham o'ziga yarasha kuchli klub hisoblanadi. Tarkibda Eron terma jamoasining bir nechta a'zolari bor. Yana bir raqibimiz menimcha, Qatarning "Al Jaish" klubi bo'ladi.
- "Lokomotiv"ning yangi mavsumga tayyorgarligi qachondan boshlanadi?
- 20 dekabr kuni Toshkentda yig'ilamiz va 6 yanvargacha shu yerda bo'lamiz. Keyin esa ikki haftalik yig'in o'tkazish uchun BAAga yo'l olamiz va u yerda to'rtta nazorat bahsi o'tkazamiz.
- "Olmaliq"dan Sanjar Shoahmedovning jamoangizga o'tayotganini eshitdik.
- Ha, shunday gaplar yo'q emas. Hozircha bu futbolchi bilan og'zaki kelishuv ketyapti, lekin shartnoma tuzganimiz yo'q.
- Viktor Karpenkoning klubdan ketayotgani rostmi?
- Buni Karpenkoning o'zidan so'rash kerak. U jamoada qoladimi-yo'qmi, bir narsa deya olmayman. 20 dekabrda yig'ilaylik, shundan so'ng ma'lum bo'ladi.