Vadim Abramov: "Noto'g'ri o'ynayapmiz, shu bois duranglar qayd etilmoqda"
28 avg 2020 21:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589343_original.jpg)
![](/upload/storage/589343_220.jpg)
Vadim Abramov: "Noto'g'ri o'ynayapmiz, shu bois duranglar qayd etilmoqda"
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.
"Afsuski durang o'ynadik. Navbatdagi bor durang bo'ldi. So'nggi paytlarda noto'g'ri o'ynayapmiz, raqib o'yiniga moslashib qoldik. SHu bois durang bo'ldi. Afsuski qulay vaziyat bo'ldi va gol ura olmagach, raqib gol urdi. Futbol shunday, seni darhol jazolaydi.
- Markazlashgan chempionatda 4ta durang qayd etildi. Bu har uch kunda o'yinlar bo'lgani bilan bog'liqmi?
Balki shu bilan ham bog'liqdir. Menimcha biz noto'g'ri o'ynaganimiz uchun ko'p durang o'ynadik. Agar to'g'ri o'ynaganimizda g'alaba qozona olardik.
- "Qizilqum" haqida nima deya olasiz?
"Qizilqum" transferlar oynasi vaqtida tarkibni kuchaytrib oldi. Biz bugun raqibga o'ynashga imkoniyat berdik. Natija shunday bo'lganiga o'zimiz aybdormiz", - deydi Vadim Abramov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar