So’nggi yangiliklar

07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  2 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3

Vadim Abramov: "Neftchi"ga qarshi bahs durang bilan tugashi kerak edi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Neftchi"ga qarshi bahs durang bilan tugashi kerak edi"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

"Bugun durang bo'lishi kerak edi. Biz ham g'alabaga haqli emasdik, bitta pozicion xato tufayli gol o'tkazib yubordik. Birinchi taym boshida Francis Narxning kutilmagan jarohati o'yinimizga tasir qildi. Afsuski mag'lub bo'ldik, raqibga ham tan berish kerak, bitta vaziyatdan foydalanib ketdi", - deydi Vadim Abramov.

- Tushunishimcha hozir "Dinamo"ning mashg'ulot o'tkazishi uchun ham normal maydon yo'q. Bu ham jismoniy holatga tasir qiladimi?

- Hozir bu haqda gapirmoqchi emasdim. Xuddi bahonadek bo'lib qoladi. Afsuski Samarqandda qanday maydonda mashg'ulot qilganimizni bilasiz, ikkita turli maydonda mashq qilish va o'ynash tasir qiladi albatta.

- Qachon jamoa Samarqandga qaytadi?
- Hozir mart oyida FIFA kunlari bo'ladi, keyin kubok tufayli Superligada tanaffus bo'ladi. Menimcha aprel oyi oxirida Samarqandda o'ynay olamiz.

- Nima uchun Emmanuel Yagrni maydonga kech tushirdingiz?
- Sababi asosiy tarkibda boshqa hujumchilar o'ynashdi. Yagr anchadan buyon maydonga tushmagandi, shu bois uning imkoniyatlarini bilib olish uchun zaxiradan tushirdik.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика