So’nggi yangiliklar

13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  0 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  0 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  2 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  2 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  4 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8

Vadim Abramov: "Muxlislarning ishonchini oqlay olmaganimiz uchun uzr so'raymiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Muxlislarning ishonchini oqlay olmaganimiz uchun uzr so'raymiz"

JCH-2022 hamda OK-2023 qo'shma saralash bosqichi doirasidagi Saudiya Arabistoni – O'zbekiston (3:0) o'yinidan keyin termamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun raqib bizdan kuchli edi. Saudiya Arabistonini g'alaba va keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. O'zbekistondagi ko'plab futbol muxlislari bizdan g'alaba kutishgandi, biroq afsuski, mag'lubiyatga uchradik. Ularning ishonchini oqlay olmaganimiz uchun uzr so'raymiz.

Futbolchilarni psixologik tushkunlik holatidan chiqara olmaganim mening xatoim. Boshidan nima uchun bunchalik bo'shashganimizni tushuntirib berishim qiyin.

Biz raqibning qarshi hujumlari xavfli ekanini bilardik. Birinchi taymda raqib qarshi hujumga o'tib ketmasligiga harakat qildik, afsuski, o'yinga berilib ketdik va xatoga yo'l qo'ydik. Keyin esa kutilmaganda ikkinchi golni qabul qilib oldik. Raqib osongina ikkinchi golni urdi. Bugun hattoki gol ura olmaganimiz hayratlanarli, Saudiya Arabistoni darvozasi oldida aytarli xavfli hujum ham tashkil eta olmadik.Qo'ldan kelgancha harakat qildik. Biz Saudiya Arabistoni qarshi hujumlarda yaxshi o'ynashini bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin kutilmaganda birinchi to'pni o'tkazib yuborgach, o'yin uslubimiz yo'qolib qoldi. Buning ustiga ikkinchi golni ham o'tkazdik. Meni ko'proq gol ura olmaganimiz hayron qoldirdi", – dedi Abramov.

Reyting: -272   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика