So’nggi yangiliklar

17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3

Vadim Abramov: "Men hech kimga, hech nimani isbotlamoqchi emasman" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Men hech kimga, hech nimani isbotlamoqchi emasman"

OCHL 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Fulad" uchrashuvidan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Vadim Abramov ishtirok etdi.

"Uydagi dastlabki o'yin, bazi futbolchilar hayajonlanishdi. Tezkor gol urdik, ammo ularning taktikasiga moslashib qoldik va ularga imkon yaratib berdik", - deydi Abarmov. 

- Temurxo'ja Abduxoliqov maydonda deyarli ko'rinmadi...

- Menimcha Abduxoliqov u qadar yomon o'ynagani yo'q. SHog'ulomovga imkon berdim, biroq Alisherda vaziyat bo'lgani yo'q.  


- Jasur Hasanov 90 daqiqa o'ynashga tayyor emasmi? 

- Tayyor. Lekin raqib katta kuch bilan himoyalanganda Jasur Hasanovga qiyin bo'ladi. Unga kengroq zona bo'lsa yaxshi. Bugun uni uchrashuv oxirida tushirdik. 


- Lutfulla To'raev keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu muammo tug'dirmaydimi? 

- To'g'ri muammo bo'lishi mumkin. Lekin uning o'rnini bosishi mumkin bo'lgan futbolchilar tarkibimizda bor. 

 

- Nima uchun har bir o'yinda yangilik qilishga urinayapsiz. Masalan, o'tgan turda oliy ligada tushmagan darvozabonni asosiy tarkibga kiritdingiz. Bu safar Sardor Mirzaevni o'ng qanot himoyasiga qo'ydingiz. Bu bilan nimani isbotlamoqchisiz? 

- Yo'q, hech nimani isbotlamoqchi emasman. SHunchaki vaziyatdan kelib chiqib shunday qilayapman. Abror Karimov o'rtoqlik uchrashuvlarida o'zini yaxshi ko'rsatdi. Mamur Ikromov bizning safimizga tayyor bo'lmagan holda kelgandi. Sardor Mirzaev bugun o'ng qanotda o'ynagani rost. Biz uchta himoyachi bilan o'ynadik. Raqib bitta hujumchi bilan o'ynadi. 


- Tarkibda muammolar bor deyapsiz. SHaxsan o'zingiz qandaydir xatoga yo'l qo'ydingizmi? 

- Tarkibda muammo yo'q. Aksincha bizda hali maydonga tushmagan va o'zini ko'rsatmagan futbolchilar juda ko'p. Mavsum endi boshlandi, barchasi kuzda hal bo'ladi. Yaxshi ot keyin chopadi. Futbol juda ham o'zgaruvchan. Bugun ishlayapsan, ertaga ishdan ketishing mumkin. 


- Sizning gaplaringizdan kelib chiqayaptiki xuddi sizga bosim bordek. Klubda ichki muhit yaxshimi?

- Klubda barchasi joyida. Men o'z ishimni qilayapman. Klubning ichki ishlari muxlislarga qiziq bo'lmasa kerak. 


- 8 mart kuni Superkubok uchun bahs bo'lib o'tadi. Bu o'yin siz uchun qanday ahamiyatga ega? 

- Superkubok yaxshi o'yin. Lekin bu biz uchun oliy ligaga tayyorgarlikning bir bosqichi bo'ladi. "Paxtakor" yaxshi klub, har bir jamoa kabi g'alaba uchun maydonga tushamiz. 


Narzulla Saydullaev 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика