So’nggi yangiliklar

21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  0 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  0 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  1 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  9 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  76 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  2 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  15 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  6 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  2 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  1 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  11 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  6 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  3

Vadim Abramov: Maqsadga qanchalik erishganimizni yaqin o'yinlar ko'rsatib beradi Yangiliklar

Vadim Abramov: Maqsadga qanchalik erishganimizni yaqin o'yinlar ko'rsatib beradi

Lokomotiv klubi O'zbekiston kubogining dastlabki bosqichlaridan ozod etilgani bois jamoa rosa 17 kun o'yin amaliyotisiz qoldi.
Yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanish maqsadida temiryo'lchilar Toshkent viloyatining Dukent shaharchasida qisqa muddatli yig'in tashkil etishdi. Biz ushbu yig'indan ko'zlangan maqsad va jamoaning kelgusi rejalari haqida bilish maqsadida bosh murabbiy Vadim Abramovga murojaat qildik.

- Vadim Karlenovich, Dukent yig'ini qanday o'tdi va unda asosan qaysi jihatlarga etibor qaratildi?

- Dukentdagi yig'in ancha samarali o'tdi. Har holda ko'zlagan rejalarimizni imkon qadar amalga oshirdik. Tabiiyki Dukentdagi yig'inda asosiy etibor futbolchilarning funkcional tayyorgarligini oshirishga qaratildi. Bunga qay darajada erishganimizni esa yaqin oradagi o'yinlar ko'rsatib beradi.

- Mavsum endigina boshlandi. Nahotki shu paytdayoq jamoaning jismoniy tayyorgarligi marosimida bo'lmasa?

- Jamoaning hozirgi jismoniy holati biz istagan darajada emas. SHu bois yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, Dukentda yig'in tashkil qildik.

- Ushbu yig'in doirasida jamoa Lokomotiv-BFKga qarshi nazorat-sinov uchrashuvida maydonga tushib, yirik 6-1 hisobida g'alabaga erishdi. Buni raqibning kuchsizligi bilan izohlash mumkinmi?

- Ehtimol biz ko'chaygandirmiz. Men Lokomotiv-BFKni u qadar kuchsiz jamoa demagan bo'lardim. Har holda mavsumning bu paytida jamoalarning kuchlari deyarli teng bo'ladi.

- Lokomotiv-BFKga qarshi o'yinda xet-trek qayd etgan Farhod Tojiev sport formasiga kirib ulgurdimi?


- Farhod o'z ustida tinimsiz ishlamoqda va bu bizni quvontiradi.

- Jamoa Andijon klubiga qarshi kechadigan rasmiy o'yinga qadar yana bironta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadimi yoki…

- Albatta. 21 aprel kuni 1-liga vakili NBU-Osiyo klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz. Bu o'yin TTYMI stadionida o'tkaziladi. SHundan keyin bevosita Andijon bilan bo'ladigan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuboramiz.

Otabek Eshmamatov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика