So’nggi yangiliklar

13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  1 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  4 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  2 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  13 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1

Vadim Abramov: “Maqsad bitta – farg'onalik muxlislarni stadionga qaytarish” Yangiliklar

Vadim Abramov: “Maqsad bitta – farg'onalik muxlislarni stadionga qaytarish”

Kecha Farg'onaning “Neftchi” jamoasini rasman o'z murabbiyligiga olgan Vadim Abramovning Farg'onadagi faoliyati boshlandi.

Tajribali mutaxassis va jamoa o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng Vadim Karlenovich klub rasmiy sayti uchun o'zining ilk intervyusini berib o'tdi.

– Dastavval, klub raisi Tohir Kapadze meni Namangandagi “Navbahor” – “Neftchi” bahsini ko'rishim uchun taklif qildi. Boshqa rejalarim borligiga qaramay, Namanganga bordim. Bahsda ikki o'yin natijasiga ko'ra “Neftchi” keyingi bosqichga chiqqach, bosh murabbiylik taklifini qabul qilishga rozi bo'ldim. Aslida, “Neftchi” klubida 1991-yildan boshlab faoliyat olib borganman.  Bu vaqtda klub tizimida Yuriy Sarkisyan va Lev Vaxtinlar ishlashardi. O'sha davrlarni “Neftchi”ning eng yorqin davrlari sifatida eslayman.

Yangi bosh murabbiy klubda ish boshlaganda albatta jamoadagi kamchiliklarga etibor qaratadi. Har bir mutaxassisni futbol borasidagi o'z qarashlari mavjud bo'ladi. Ayni paytda bor diqqat- etiborimiz birinchi davra so'nggiga qadar bo'lib o'tadigan bahslarga qaratilgan. Birinchi galdagi maqsad mazkur bellashuvlarda maksimal natijani qayd etib, imkon darajada turnir jadvalida yuqorilash hisoblanadi. Tarkibdagi o'zgarishlar davralar oralig'ida sodir bo'ladi. Selekciyaga aynan shu vaqtda etibor qaratamiz. Biroq hozirgi paytda yaxshi saviyadagi futbolchilarni topish oson emasligi uchun maxalliy futbolchilarga ham etibor qaratamiz. O'ylashimcha, Farg'onada iqtidorli futbolchilar ko'plab topiladi. 10 iyun kuni “Cementchi”ga qarshi nazorat bahsi o'tkazishni reja qilib turibmiz.



“Neftchi”ning Namangandagi bahsini ko'rib shunday xulosaga keldimki, bu raqobatda har ikki klub ham teng o'yin ko'rsatdi. “Neftchi” jamoasining o'yinida kamchiliklar yo'q emas. Meni yana ikki jihat havotirga solmoqda: jamoaning turnir jadvalida egallab turgan o'rni va shu vaqtga qadar kiritgan gollar sonining kamligidir. Bu esa hujum chizig'i ustida jiddiy ishlashimiz kerakligidan dalolat bermoqda. Muxlislar doim g'alaba istaydi. Mag'lub bo'lib turgan jamoa o'yiniga muxlislarning kelmasligi tabiiy hol deb o'ylayman.

Masuliyatni  his etib turibman. Hozir kamroq gapirib, ko'proq mehnat qiladigan vaqtda turibmiz. Muxlislarga katta vadalarni berib, uning ustidan chiqmasak, yaxshi holat bo'lmaydi. Jamoaga yordam berish uchun keldim. Ochig'i, men sehrgar emasman. Ish jarayonida tarkibdagi futbolchilar bilan tezroq yaqindan tanishib,  oldinga qadam tashlashimiz zarur.  Men futbolchilarni kerak bo'lsa qaytadan kashf etib, yuqori imkoniyatlarini ishga solishda qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Biroq ko'p narsa futbolchilarning o'zlariga bog'liq ekanligini takidlab o'tmoqchiman. Futbolchining sportdagi umri uzoq emas. SHunday ekan bu qisqa davrdagi imkoniyatdan zavqlanib – foydalanib, muxlislarni xursand qilish kerak. Maqsad bitta – farg'onalik muxlislarni stadionga qaytarish, – dedi Abramov

“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика