So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Vadim Abramov: "Liga kubogi yaxshi musobaqa, lekin..." Yangiliklar

Vadim Abramov: "Liga kubogi yaxshi musobaqa, lekin..."

O'zbekiston Liga kubogi 2-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun kamroq maydonga tushayotgan futbolchilarga imkoniyat berdik. Menimcha natija adolatli. Birinchi bo'lib gol o'tkazganimizga qaramay yigitlar xarakter ko'rsatishdi va g'alaba qozondi.

Liga Kubogi yaxshi musobaqa. SHunchaki ushbu o'yinlar yozda, Superliga tanaffusiga to'g'ri kelib qolgani noqulaylik tug'dirdi xolos. Musobaqada olti o'zgarish qilish haqida o'ylashgandi. Menga qolsa tanaffusda 3 nafar o'zgarish va qolgan 3 o'zgarishni o'yin paytida amalga oshirilsa yaxshi edi. 

Albatta transferlar oynasi vaqtida o'zgarishlar bo'ladi. Qaysidir o'yinchilar ketadi, qaysidir o'yinchilar keladi. 

Yozgi transfer oynasida yaxshi hujumchi topish qiyin. Ularning shartnomasi bor va bizning moliyaviy imkoniyatimiz bilan bunday o'yinchini qo'lga kiritish qiyin. O'zimiznig yigitlar gol urishmoqda-ku. 

Tanaffusda xorijda yig'in o'tkazish rejamizda bor. Agar bu amalga oshsa yaxshi bo'lardi. CHunki yosh futbolchilar kuchli klublarga qarshi o'yinlarda o'zlarida ko'proq ishonch hosil qilishadi", - deydi Vadim Abramov.


Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика