Vadim Abramov: "Keyingi turda "Lokomotiv" Farg'onaga keladi"
26 okt 2017 21:09
Yangiliklar
Vadim Abramov: "Keyingi turda "Lokomotiv" Farg'onaga keladi"
"Neftchi" hamda "Qizilqum" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'yin haqida fikr bildirdi.
- Muxlislarga g'alaba muborak bo'lsin. Bugun butun jamoa yaxshi o'ynadi! Yigitlarga rahmat. Asosiysi muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etdik. Harakatlarimizda sermahsullik ko'rindi. Futbolchilarimizning o'yinidan qoniqdim. Xar bir uchrashuv tarkibimizdagi yosh futbolchilarga katta maktab bo'lyapti. SHu yo'nalishda ketsak, kelajak uchun ajoyib jamoaga ega bo'lamiz.
Keyingi turda "Lokomotiv" Farg'onaga keladi. Toshkent klubini ham barcha raqiblar qatorida ko'ramiz. SHu sababli doimgidek tayyorgarlikka jiddiy etibor qaratamiz. SHu ruhda davom etish kerak. G'olibona kayfiyatda olg'a borish lozim. SHundagina o'ylagan maqsadimizga etamiz, - dedi Abramov.
"Neftchi" matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar