So’nggi yangiliklar

10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  0 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  2 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  2 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  9 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  7 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  12 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  5 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  10 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  6 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  34 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  5 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  9

Vadim Abramov: "Hozircha Superligaga chiqib bo'lganimiz yo'q" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Hozircha Superligaga chiqib bo'lganimiz yo'q"

"Qo'qon-1912" hamda "Dinamo" o'rtasidagi Pro liga o'yinidan (0:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vadim Abramov: "O'yin kurashlarga boy bo'ldi. Bahs Huddi Kubok uchrashuvidek taassurot qoldirdi. Mezbonlar bizni mag'lub etishni juda xohlagandi. Birinchi bo'limda vaziyatlar yarata oldik, ikkinchisida esa raqib uzatmalar orqali bahsda ustunlik qilishdi. Yigitlar bu bosimga chidab berishdi. Durang bizni qoniqtirardi".

- "Dinamo"ning 10-raqamdagi futbolchisi bahs oxirida vaqtni cho'zishga harakat qildi, bu sizning ko'rsatmangizmi?

- Yo'q. Etibor bergan bo'lsangiz bungacha vaqt cho'zgan futbolchini almashtirdim. O'yinchilar bazida futbol ayyorliklaridan foydalanishadi. Men ko'rsatma berganim yo'q, ammo bunga qarshi ham emasman.

- "Dinamo" Superligaga chiqish masalasini deyarli ijobiy hal qildi, kelasi mavsum jamoaning necha foiz futbolchilari saqlab qolinadi?

- Hali chiqib bo'lganimiz yo'q. Masala hal bo'lganidan so'ng ko'rib chiqamiz. Jamoamiz yomon emas, ammo bugungi bahsdan so'ng bazi savollar paydo bo'ldi.

- "Dinamo" O'zbekiston Kubogida "Nasaf" bilan o'ynaydi. Ular tarkibida terma jamoa vakillari bor va ular charchab kelishadi. Samarqand klubi finalga chiqa oladimi?

- Harakat qilamiz. Har doim ham yarim finalga chiqavermaymiz. Yigitlar o'zini ko'rsatishmoqchi. "Nasaf" jiddiy jamoa. Avvalgi bosqichlarda ham raqiblar kuchli edi. Qarshi klubi ayni damda o'zbek futboli etakchisi. Muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

- Joel Kojo Qirg'iziston terma jamoasiga chaqirildi. U Kubok o'yinigacha qaytadimi?

- Ulguradi. Ammo 14 oktyabrdagi bahsni o'tkazib yuboradi. Bunaqasi ikkinchi marta sodir bo'lyapti. Demak, Kojosiz o'ynaymiz.

- "Dinamo"ni Superligaga chiqqani bilan tabriklasak bo'ladimi? Vazifa necha foizga bajarildi?

- So'nggi qadamni tashlab, "G'ijduvon"ni mag'lub etishimiz kerak. Hozir Superligaga chiqdik deya olmayman. Imkoniyatlarimiz oshdi. Afsuski, bu o'yinni ko'pchilik o'tkazib yuboradi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика