So’nggi yangiliklar

11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  4 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  0 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  12

Vadim Abramov: "Har doimgidek gol urishga kelganda oqsayapmiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Har doimgidek gol urishga kelganda oqsayapmiz"

Oliy liga 12-turi doirasida o'tkazilgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumaniga tashrif buyurdi.
"Har doimgidek ko'plab vaziyatlar yaratmoqdamiz, ammo gol urishga kelganda yana oqsayapmiz. Tezkor gol urilganidan so'ng yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz kerak edi. Lekin bu narsa amalga oshmadi. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Yarim himoya chizig'imiz bugun kutilgan o'yinni namoyish etib bera olmadi. Dilshod Rahmatullaevga keladigan bo'lsak, u ko'p vaqtni jarohati bois o'tkazib yuborgandi. Jarohatidan qaytganida esa uning o'rnini boshqa futbolchi olib qo'ygandi. Bizda raqobat juda kuchli. Barcha asosiy tarkibga kirishi uchun kurashishi va bunga loyiq ekanligini isbotlashi darkor.

- Ignatiy Nesterov asosan zaxirada qolib ketmoqda. Mamur Ikromov "Lokomotiv"ning asosiy darvozaboni deb hisoblaysizmi?
- Mamur Ikromov va Ignatiy Nesterov bir xil darajadagi darvozabonlar sanalishadi. Nesterov jarohati bois mavsumni ilk qismini o'tkazib yubordi. Uning o'rnini esa Mamur Ikromov to'liq egalladi va hozirda ishonchni oqlamoqda. Kim ko'proq maydonga tushishga tayyor bo'lsa o'shani tarkibga kiritaman. Mamur Ikromovning ko'rsatayotgan o'yinidan ko'nglim to'lmoqda.  

- MTJ 16 iyun kuni uchrashuv o'tkazadi. "Lokomotiv" esa taqvim bo'yicha 18 iyun kuni navbatdagi o'yinini o'tkazadi. Bu sizga noqulayliklar keltirib chiqarmaydimi?
- Mana o'zlaringiz ko'rib turibsizlar. Nima ham qilardik? Bizdan olti nafar futbolchi terma jamoaga jalb etilgan.

- Balki bu narsa "Loko"ga foydadir, qolgan futbolchilar uchun o'zlarini ko'rsatishi uchun ayni muddao bo'lar...
- Ha, to'g'ri aytdingiz. O'tgan yili aynan shu narsa bizga foyda keltirgandi. Oltin medallarni qo'ldan boy bergandik. Yana nima ham derdik...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика