So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Vadim Abramov: "Haqli g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Haqli g'alabaga erishdik"

Pro liga 17-turidan o'rin olgan "Aral" – "Dinamo" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin, raqib jamoa haqida fikrlaringiz qanday?

- "Aral" yaxshi jamoa. O'z uyida bekorga bunday yaxshi o'yin ko'rsatishmayapti. Bugun omadimiz keldi. Kerakli vaqtda gol urib oldik. Bizda bir necha vaziyatlar bo'ldi. To'p esa shunchaki darvozaga kirishni istamadi. Umuman olganda, haqli g'alabaga erishdik deb o'ylayman. "Aral" jamoasi esa menda juda yaxshi taassurot qoldirdi.

- Oxirgi marta Nukusda qachon bo'lgandingiz va shahar qanchalik o'zgaribdi?

- Nukusda oxirgi marta 1984 yil bo'lgandim. Albatta, shahar o'zgargan. Ajoyib shahar, men yaxshi tomondan xayratlandim. Men bu erda o'ynagan paytim maydon umuman boshqa edi, mehmonxona ham. Hozir mehmonxona ancha yaxshilanibdi. Stadiondga bazi qo'shimchalar kiritilsa va tabiiy chim bilan qoplansa, jamoa Qoraqalpog'iston Respublikasi sharafini himoya qilishga loyiq deb o'ylayman. Muxlislar ham bunga arziydi. 

- "Dinamo"  Pro ligada mag'lubiyatsiz ketmoqda. Biroq, bu o'yinga qadar uchinchi o'rinda edi. Bunga qanday fikrdasiz?

- Men bilan ko'pincha shunday bo'lgan. Albatta, g'alati. Osiyo kubogida ham shunga o'xshash holat bo'lgandi. Bu meni xayron qoldirmapti. Afsuski, mag'lubiyatsiz ketayotgan bo'lsak ham birinchi o'rinda bormayotgandik. Bugungi g'alabadan keyin birinchi o'ringa ko'tarilamiz. Hammasi yaxshi davom etsa, o'zimizga kerakli natijaga erishamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика